Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Yangi Konstitutsiya

100-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz 
tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va 
uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining 


28
koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri boʻlishi mumkin 
emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va 
uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari 
umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan
Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:
1)
Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2)
Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni 
tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
3)
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini 
muvofiqlashtirib boradi;
4)
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi
qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
5)
parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro 
parlament tashkilotlari ishi bilan bogʻliq Qonunchilik palatasi guruhlarining 
faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat 
organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro 
munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish koʻradi;
7)
Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
8)
ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri 
farmoyishlar chiqaradi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin