Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima


XIX bob. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Yangi Konstitutsiya

XIX bob. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti
105-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligʻidir va davlat 
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda 
hamkorligini taʼminlaydi.
106-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga oʻttiz besh yoshdan kichik 
boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil 
Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi 
saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston 
Respublikasining Prezidenti boʻlishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining 
fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida 
yashirin ovoz berish yoʻli bilan yetti yil muddatga saylanadi. Oʻzbekiston 
Respublikasining Prezidentini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.
107-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vazifasini bajarib turgan davrda 
boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati 
boʻlishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas.


31
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsi daxlsizdir va qonun bilan 
muhofaza etiladi.
108-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
yigʻilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga 
kirishgan hisoblanadi:
“Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning 
Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va 
erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.
109-modda.
Oʻzbekiston
Respublikasining Prezidenti:
1)
fuqarolarning
huquqlari va
erkinliklariga,
Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, Oʻzbekiston 
Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir
milliydavlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur 
chora-tadbirlar koʻradi;
2)
mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston 
Respublikasi nomidan ish koʻradi;
3)
muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining 
shartnoma 
va 
bitimlarini 
imzolaydi, 
respublika 
tomonidan 
tuzilgan 
shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya 
etilishini taʼminlaydi;
4)
oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa 
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
5)
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro 
tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini 
tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga 
taqdim etadi;
6)
Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat 
ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan 
murojaat qilish huquqiga ega;
7)
vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini 
tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;
8)
Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;


32
9)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni 
lavozimidan ozod etadi;
10)
qoʻmitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari 
rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod 
etadi;
11)
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Bosh 
prokurorini, 
Oʻzbekiston 
Respublikasi Hisob palatasi raisini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod 
etadi;
12)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan 
maslahatlashuvlardan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 
raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;
13)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, 
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni, 
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, 
respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika 
monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14)
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan 
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais oʻrinbosarlarini, 
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod
etadi;
15)
viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda 
lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim shaʼni va 
qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar 
hokimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz qarori bilan lavozimidan 
ozod etishga haqli;
16)
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning 
hujjatlarini toʻxtatadi, bekor qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
17)
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi; 
qonunni oʻz eʼtirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18)
Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan
birbirini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish 
zaruriyati tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi 
va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalarining tasdigʻiga kiritadi;


33
19)
alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik 
halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni 
koʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim 
joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi. 
Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh 
qoʻmondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va 
lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21)
Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorligʻi bilan 
mukofotlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini 
beradi;
22)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana 
berishga oid masalalarni hal etadi;
23)
amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va Oʻzbekiston 
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;
24)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik 
kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, oʻz vakolatlari amalga oshirilishini 
taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini, 
shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash 
organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;
25)
ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz vakolatlarini bajarishni davlat 
organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin