7
Yashash huquqi har bir insonning ajralmas
huquqidir va u qonun bilan
muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir. Oʻzbekiston
Respublikasida oʻlim jazosi taqiqlanadi.
26-modda.
Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish
uchun asos boʻlishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz,
gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga
duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin
emas.
27-modda.
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan
holda hibsga olinishi, ushlab turilishi,
qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning
ozodligi boshqacha tarzda
cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning
qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq
muddat ushlab turilishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chogʻida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab
turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
28-modda.
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda
tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yoʻli
bilan isbotlanmaguncha va
sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb
hisoblanadi. Ayblanuvchiga oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar
taʼminlanadi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari
tugagan boʻlsa,
gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki
mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini
isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi
mumkin.
Hech kim oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga
majbur
emas.
Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u
aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar oʻziga nisbatan insoniy muomalada
boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat
qilinishi huquqiga ega.
8
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan
huquqiy oqibatlar
uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: