6
Har bir inson oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega.
Hech kimga
uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin
emas.
Inson oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning,
jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur
yetkazmasligi shart.
Insonning huquq va erkinliklari faqat
qonunga muvofiq va faqat
konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sogʻligʻini, ijtimoiy axloqni,
boshqa
shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish,
jamoat xavfsizligini hamda
jamoat tartibini taʼminlash maqsadida zarur boʻlgan doirada cheklanishi mumkin.
VI bob. Fuqarolik
22-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona
fuqarolik oʻrnatiladi.
Oʻzbekiston
Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega
boʻlganlikdan qatʼi nazar, hamma uchun tengdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Fuqarolikka ega boʻlish va uni yoʻqotish asoslari hamda tartibi qonun bilan
belgilanadi.
23-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz
fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistondan tashqariga majburiy chiqarib
yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.
Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan
aloqalarni saqlab qolish
hamda rivojlantirish toʻgʻrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq gʻamxoʻrlik
qiladi.
24-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi
boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq
taʼminlanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
qonunlari va
xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.
Dostları ilə paylaş: