Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Yangi Konstitutsiya

29-modda. 
Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan 
koʻrsatiladi.
Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs 
ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan 
eʼtiboran oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va 
asoslari toʻgʻrisida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik 
berayotgan shaxslarning soʻroq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan 
foydalanish huquqiga ega.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish
chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda 
hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta koʻrib chiqilishi huquqiga
shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish toʻgʻrisida iltimos qilish 
huquqiga ega.
Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza 
qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni 
taʼminlaydi, ularga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar 
yaratadi.
30-modda. 
Hech kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga 
tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.
Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas.
 
31-modda.
Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega 
boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.
Har kim yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va 
boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga 
faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga, 
shuningdek notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof 
yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan 
maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega. Har kim uy-joy 
daxlsizligi huquqiga ega.
 


9
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi 
mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qoʻyishni va koʻzdan 
kechirishni oʻtkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl 
qoʻyiladi. Uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning 
qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
32-modda. 
Qonuniy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan har 
kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash 
huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno.
Har kim Oʻzbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan 
qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi 
Oʻzbekistonga toʻsqinliksiz qaytish huquqiga ega.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin