17
adovatni targʻib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va
erkinliklariga, aholining sogʻligʻiga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy
partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va
diniy belgilariga koʻra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning
tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi.
72-modda.
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya etilishini taʼminlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish
uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari
faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat
organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
73-modda.
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va
manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga aʼzo
boʻlish ixtiyoriydir.
74-modda.
Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini
ifodalaydilar va oʻzlarining demokratik yoʻl bilan saylab qoʻyilgan vakillari orqali
davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatining
moliyalashtirilishi manbalari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda
oshkora hisobotlar taqdim etadilar.
75-modda.
Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar.
Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi.
Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatayotgan diniy
tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: