Oʻzbekiston respublikasi konstitutsiyasi muqaddima



Yüklə 427,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/40
tarix16.12.2023
ölçüsü427,39 Kb.
#181777
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Yangi Konstitutsiya

 
49-modda.
Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotga 
ega boʻlish huquqiga ega.
Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlash va atrof-muhitga 
zararli taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati 
sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda 
jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.
Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash
tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha
choratadbirlarni amalga oshiradi.
Davlat Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda 
tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar 
koʻradi.
50-modda. 
Har kim taʼlim olish huquqiga ega.
Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va 
nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi.
Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shartsharoitlar 
yaratadi.
Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim 
olishni kafolatlaydi. Umumiy oʻrta taʼlim majburiydir.


13
Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratidadir.
Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar 
uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.
 
51-modda. 
Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy 
maʼlumot olishga haqli.
Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, oʻzini oʻzi 
boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega.
52-modda. 
Oʻzbekiston Respublikasida oʻqituvchining mehnati jamiyat va davlatni 
rivojlantirish, sogʻlom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, 
xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi 
sifatida eʼtirof etiladi.
Davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning 
ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik 
qiladi.

Yüklə 427,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin