14
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi
qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan
koʻrib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.
Har kim Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro
shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki
vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini
himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.
Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga
xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni
davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.
56-modda.
Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini
himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini toʻldiradi, fuqarolik
jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga
koʻmaklashadi.
Davlat inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish
uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: