12
hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda
oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanadi.
Davlat uy-joy qurilishini ragʻbatlantiradi va uy-joyga boʻlgan huquqning
amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash
tartibi qonun bilan belgilanadi.
48-modda.
Har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan
hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini,
tibbiy
sugʻurtaning
har
xil
turlarini
rivojlantirish,
aholining
sanitariyaepidemiologik osoyishtaligini taʼminlash choralarini koʻradi. Davlat
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini
shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: