va voqealarni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma qarori bilan parlament tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin.
Parlament tekshiruvini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senati a’zolari orasidan tenglik asosida
maxsus komissiya tuzilib, u o‘z
faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshiradi.
104-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati
a’zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda
qoplanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a’zolari o‘z
vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi
faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi
daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz
jinoiy
javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki
sud tartibida beriladigan
ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: