O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
constitution oz

XIX bob. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
105-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati 
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. 
106-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, 
davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim 
yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki 
muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 
yetti yil muddatga saylanadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini saylash tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 
107-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq 
to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi. 
108-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida 
quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi: 
“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va 
qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali 
qasamyod qilaman”.
109-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: 
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va qonunlariga rioya etilishining, O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy 
yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan 
zarur chora-tadbirlar ko‘radi; 


2) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish 
ko‘radi; 
3) muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini 
imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan 
majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi; 
4) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va 
chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; 
5) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi 
diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi; 
6) O‘zbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi 
siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega; 
7) vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda 
tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati tasdig‘iga kiritadi; 
8) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senatiga taqdim etadi; 
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin 
lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi; 
10) qo‘mitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunchilikka 
muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi; 
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi 
raisini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma’qullaganidan keyin lavozimga 
tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi; 
12) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan maslahatlashuvlardan keyin 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan 
ozod etadi; 
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashi tarkiblariga nomzodlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
boshqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika 
monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi; 
14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va 
Toshkent shahar sudlari raislarini va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi 
raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi; 
15) viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod 
etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan 
xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z qarori 
bilan lavozimidan ozod etishga haqli; 
16) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini to‘xtatadi, 
bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli; 
17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunni o‘z 
e’tirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga qaytarishga haqli; 
18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish 
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati, umumiy 
yoki qisman safarbarlik e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi; 
19) alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, 
epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun 
hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun 


ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat 
joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi; 
20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, 
Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar 
beradi; 
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, 
O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi; 
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni 
hal etadi; 
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan 
hukm qilingan shaxslarni afv etadi; 
24) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga 
boshchilik qiladi, o‘z vakolatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Administratsiyasini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi; 
25) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki 
mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin