137-modda. Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda
belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
138-modda. Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor
shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir.
139-modda. O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki
muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib
boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon
orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona
tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
140-modda. Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasining Davlat
budjetidan amalga oshiriladi hamda u odil sudlovni to‘liq va mustaqil amalga oshirish imkoniyatini
ta’minlashi kerak.
XXIV bob. Advokatura 141-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura
faoliyat ko‘rsatadi.
Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga
asoslanadi.
Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
142-modda. Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish
uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi.
Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun
bilan muhofaza qilinadi.
XXV bob. Prokuratura 143-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan
nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga
oshiradi.