O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
constitution oz

94-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari 
quyidagilardan iborat: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish; 
2) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish; 
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash; 
4) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z 
faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish; 
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash; 
6) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha har yilgi ma’ruzasini eshitish; 
7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament 
nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish; 
8) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning 
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish 
to‘g‘risidagi masalalarni hal etish
10) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar 
yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek 
davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘zini o‘zi tarqatib 
yuborish to‘g‘risida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik 
ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin