O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
constitution oz

95-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat: 


1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini, respublika korrupsiyaga qarshi 
kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash; 
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib 
chiqish hamda ma’qullash; 
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazish; 
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining 
chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari 
rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish; 
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi 
hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; 
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi 
hujjatlarni qabul qilish; 
8) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish
9) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi 
diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha 
hisobotlarini eshitish; 
10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament 
nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda 
ko‘maklashish; 
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik 
normalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bekor qilish; 
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, 
qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash; 
14) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi 
masalalarni hal etish
15) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar 
yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek 
davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya va 
konstitutsiyaviy qonunlar mustasno; 
18) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida 
senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul 
qilishi mumkin. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin