9
o‘tab kelmoqda. Kompozitorlar o‘zbek xalq cholg‘ularining yangi sadolanish
qirralarini kashf etishlarida aynan shu jamoa tajriba-sinov “maydoni” bo‘lib xizmat
qilmoqda. Jumladan, A.Mansurovning “Yangra, doyra, jarangla!”, “Moziydan
sado”
poema-fantaziyasi, H.Rahimovning fantaziya va “Sirli tun” asari,
N.Norxo‘jayevning “Navro‘z uforisi”, D.Saydaminovaning “Niti snov tumannix”,
“Sarob” kabi asarlari shunday izlanishlarning samarasidir.
A.Mansurovning “Yangra, doyra, jarangla!” uvertyurasi 1993- yili
“So‘g‘diyona” jamoasi uchun maxsus yaratilgan. Yosh jamoa kompozitorni original
tuzilishi hamda xalq cholg‘ularining yangi tembrlarini yorita olish imkoniyatlari
bilan o‘ziga jalb etdi. “Men “So‘g‘diyona” uchun uvertyura janrini tasodifan
tanlaganim yo‘q. Uvertyura – bu katta sahnaviy asarlarning vizit kartasidir. Men
ham o‘z uvertyuramni dunyo hamjamiyatida obru-e’tiborga ega bo‘lgan yosh
jamoaga vizit kartasi sifatida taqdim etdim. Ushbu
asarda men butun orkestr
jamoasidan emas, balki faqatgina ruboblar, dutorlar, doyra va zarbli cholg‘ulardan
foydalandim. Bu menga torli-chertma cholg‘ular orqali milliy koloritni hamda yangi
ifodaviy vositalarni namoyon etishga qo‘l keldi”
2
, - deydi Avaz Mansurov.
Uvertyura rondo va variantli variatsiya elementlariga ega bo‘lgan 3 qismli
shaklga ega. Asardagi asosiy ifodaviy vositalar doyra va boshqa zarbli cholg‘ular
orqali amalga oshiriladi. Doyra yakkanavoz cholg‘u bo‘lib, uning ijrosida konsert
alomatlari seziladi. Rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan usullarni ijro etadi.
O‘zining ijrochilik konsepsiyasida orkestr asarni muvaffaqiyatli ijro etish
uchun zamin yaratgan qadimiy usul shakllarini kuchaytirishga
va ijodiy kuchini
musiqani ritmik jihatdan ifodalashga qaratdi. Kompozitor partiturada kontrast
usullarni, qismlarni pauza bilan ajratish, ayniqsa ruboblarda tremolo va ritm jihatdan
zichlashgan faktura almashinuvini nazarda tutgan holda amalga oshirgan.
Uvertyurada ijrochilik muammolaridan biri, partiyalarning sinxronligidadir:
2
Muallifning A.Mansurov bilan 2015-yil 20-fevralda bo‘ib o‘tgan suhbatidan yozib
olingan.
10
Sozandalar asarni ijro etganda
qismlar orasidagi kontrast, ayniqsa chekka
qismlarida yuqoriga intilgan va o‘rta qismida pastga yo‘naltirilgan harakatlar sezilib
turibdi. Asarda ham melodik ham ritmik xususiyatlar yorqin va aniq ifoda etilgan.
Avaz Mansurov reprizadan avval zarbli cholg‘ularda katta improvizatsiyani
qo‘llaydi, bu aynan asarda konsert elementlari mavjudligidan dalolat beradi. Bu
yerda doyrachi o‘z mahoratini namoyon etadi:
Kadensiya kirish qismi materiali asosida yozilgan bo‘lib, u asar yaxlitligidan
dalolat beradi. Repriza ijrosida orkestr tovush kuchini oshiradi, bu dinamik jihatdan
ko‘tarilish asar mohiyatini badiiy jihatdan to‘laqonli yoritilishiga yordam beradi
“Sarob” asari zamonaviy kompozitor D.Saydaminova
tomonidan
“So‘g‘diyona” Davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri uchun yozilgan (2005) maxsus
asarlardan biridir. Ushbu asar o‘ziga xosligi bilan boshqa kompozitorlar asarlaridan
tubdan farq qiladi. Izlanuvchan va davr bilan hamnafas ijodkor asarlari o‘zining
yangilikka intiluvchanligi va originalligi bilan ajralib turadi. Aynan “Sarob” asari
ham aynan shunday tajribalardan biridir. D.Saydaminova an’anani zamonaviylik
bilan uyg‘unlashtirgan holda, inson tasavvur eta olmaydigan hattoki xayoliga ham
11
keltira olmaydigan tembr, ohang va ijro uslublarini izlab topishga harakat qiladi va
bu uning asarlarida o‘z tasdig‘ini topdi:
* 1) vozdux, ya’ni
nay quvuriga puflash
* 2) rubob primada juda mayda tremolo chalish
* 3) dutor alt va dutor primalarda mediator bilan - juda mayda tremolo chalish.
Muallif shunaqangi ijro usullarini o‘ylab topgan-ki, orkestr konsertini ko‘rmay, uni
tinglagan inson xalq cholg‘ulari orkestri ijro etganiga umuman ishonmaydi.
Shuningdek, asarni yakka cholg‘u, ansambl yoki orkestr ijro etishidan qat’iy nazar,
ko‘z oldingizda xayolan o‘sha manzara gavdalanadi. Aynan ma’lum bir holatni
tasvirlashda, kompozitor shunga mos cholg‘uni tanlaydi va o‘z tasavvurini bayon
etadi. Masalan, cho‘lda esayotgan shamolni ifodalashda u nay cholg‘usidan
foydalanadi. Bunda ijrochi kerakli tovushni nay quvuriga
puflash orqali hosil qiladi
va dinamik belgilarni mohirona qo‘llaydi.