Kurs ishining maqsadi: "So‘g‘diyona " orkestiring gastrol safarlari va turli
jamoalar bilan ijodiy hamkorlik rishtalari mavzusini yoritib berish.
Kurs ishining vazifalari:
“So‘g‘diyona” Davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri tashkil topishi
“So‘g‘diyona” orkestri o‘zining ijro mahorati.
“So‘g‘diyona” jamoasi birinchi marta xorijiy safarga chiqishi.
“So‘g‘diyona” orkestrining repertuarlari
Kurs ishining obekti: O’zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi
"So‘g‘diyona " orkestiri
Kurs ishining predmeti: "So‘g‘diyona " orkestiring gastrol safarlari va turli
jamoalar bilan ijodiy hamkorlik jarayonlari
Kurs ishining hajmi: kurs ishimiz kirish, asosiy qism: ikki bob, 4 paragref, xulosa
va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
5
I BOB “SO‘G‘DIYONA” DAVLAT XALQCHOLG‘ULARI KAMER
ORKESTRINING IJODIY FAOLIYATI
1.1
“So‘g‘diyona” Davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri tashkil
topishi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach boshlangan yangi davrda fan va
texnika taraqqiyoti, adabiyot va san’at ravnaqi, milliy qadriyatlar rostlanishi uchun
keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Shu jumladan, musiqa san’ati jabhasida yangidan-
yangi ijodiy jamoalarning shakllanishiga muhim zamin hozirlandi. Ana shunday
sharoitda, aniqrog‘i, 1991-yilning sentyabr oyida “So‘g‘diyona” Davlat xalq
cholg‘ulari kamer orkestri tashkil topdi.
“Sogdiyona” xalq cholg’ulari kamer orkestri. Dirijyor F.Abdurahimova.
Qadimiy an’analarni qayta tiklab, ularga zamonaviy ruh bag‘ ishlashga intilayotgan,
musiqa orqali turli xalqlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashga bel
bog‘lagan ushbu jamoa qariyb 25 yillik ijodiy faoliyati davomida turli festivallar,
ko‘riktanlovlar va anjumanlarda faol ishtirok etib, milliy musiqa san’atining yangi
davrdagi rivoji hamda uni jahon uzra keng targ‘ibiga katta ulush qo‘shib kelmoqda.
Bugungi kunda ko‘plab Yevropa mamlakatlari xalqlarining o‘zbek milliy
6
cholg‘ulari, shu asosdagi orkestr ijrochiligi va umuman, musiqa madaniyatimizga
nisbatan tobora ortib borayotgan diqqat-e’tiborida “So‘g‘diyona” jamoasining ham
ozmi-ko‘pmi hissasi bor, albatta.
Konsert dasturlarini tuzishda F.Abdurahimova, tinglovchilarning estetik
talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, asosiy e’tiborni yigirmadan ortiq turga ega
milliy cholg‘ular ijrosidagi kuylarni yorqin tarannum etishga, hamda cholg‘ularning
ijro imkoniyati va sozandalarning mavjud mahoratini to‘liq namoyon qilishga
qaratadi. Har bir dasturda, odatda, mumtoz milliy kuy va qo‘shiqlar bilan bir qatorda
zamonaviy kompozitorlarning asarlari hamda jahon klassik musiqasi durdonalari
alohida o‘rin egallaydi. Binobarin, o‘z repertuari va ijro uslubiga ega, ayni paytda
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirgan holda zamon bilan hamnafas
odimlayotgan orkestr jamoasi haqli ravishda keng jamoatchilik va san’at ahlining
xurmatiga sazovor bo‘lmoqda.
“So‘g‘diyona” jamoasi bilan doimiy ijodiy muloqotda bo‘lgan kompozitorlar
– Farhod Alimov, Mustafo Bafoyev, Habibullo Rah-mov, Avaz Mansurov,
Muhammadjon Otajonov, Dilorom Saydaminova, Dmitriy Yanov-Yanovskiy va
Akrom Hoshimovlar orkestrning ijrochilik imkoniyatlarini keng yoritib beruvchi
maxsus asarlarni yaratdilar. Hozirgi kunda orkestr repertuaridagi 500 dan ziyod
musiqiy asarlar asosini o‘zbek an’anaviy musiqasi, Sharq xalqlarining kuy va
qo‘shiqlari, shuningdek O‘zbekiston va jahon kompozitorlarining asarlari tashkil
etadi.
1993-yili orkеstrning Sankt-Pеtеrburgga qilgan ijodiy safari jamoa uchun
muhim sinovlardan biri bo‘ldi. Jumladan, O‘zbеkiston tasviriy san’ati ustalari
ko‘rgazmasi doirasida orkеstr uchta konsеrt bеrdi. Birinchi konsеrt Rossiya
rassomlar uyushmasi Sankt-Pеtеrburg bo‘limidagi ko‘rgazmalar zalida, ikkinchi
konsеrt - Sankt-Pеtеrburg konsеrvatoriyasining kichik zalida, uchinchi konsеrt -
mahalliy o‘z-o‘zini himoya qilish organi Munitsipal madaniyat saroyida namoyish
etildi.
Orkеstr va uning jo‘rnavozligida ishtirok etgan yakkaxon va
yakkanavozlarning mahorati kеng tinglovchilar ommasini o‘ziga rom etdi. Did bilan
7
tuzilgan dasturdan joy olgan an’anaviy musiqa hamda O‘zbеkiston kompozitorlari
ijodidan namunalar, shuningdеk Bax, Sarasatе, Falo, Gavrilin kabi ijodkor
mualliflarning asarlarini jamoa katta muvaffaqiyat bilan ijro etdi.
1995-yilning noyabr oyi “So‘g‘diyona” orkestrining ijodiy faoliyatida
unutilmas sanalardan biri bo‘lib qoldi. Chunki shu kuni jamoa O‘zbekiston Xalqaro
madaniy-ma’rifiy aloqalar Milliy assotsiatsiyasi zalida BMTning 50 yilligiga
bag‘ishlab o‘tkazilgan konsertda munosib qatnashdi. Do‘stlik uyida yig‘ilgan ijodiy
uyushmalarning vakillari va jurnalistlarni “So‘g‘diyona” orkestri o‘z konsert dasturi
bilan bir necha daqiqa bo‘lsada Sharq musiqa va poeziyasining qadimiy va
zamonaviy dunyosidan bohabar etish baxtiga musharraf bo‘ldi.
1999-yili “So‘g‘diyona” jamoasining yangi konsert mavsumining ochilishiga
tayyorlangan dasturini tinglagan Toshkentdagi Gyote instituti rahbari Elizabet
Lottaro xonim o‘z dil so‘zlarini quyidagicha ifodalaydi: “Men ijrochilarning yuqori
professional mahoratidan hayratdaman, “So‘g‘diyona” dasturini birinchi marta
tinglashim emas, lekin bugun yangi asarlari bilan tanishdim. Bu o‘ziga xos ajoyib
jamoa, ularning ijodiy diapazoni juda keng, ijrochilari esa ham yoqimtoy, ham
tinglovchilar bilan osongina jonli muloqot olib borish mahoratiga ega. Men har safar
orkestr konsertidan olam-olam estetik zavq olaman va rohatlanaman”.
1
F.Abdurahimova tashabbusi bilan 2001-yilning 10-15 may kunlari “Toshkent
bahori - 2001” nomli I-Xalqaro milliy cholg‘ular ansambli va orkestrlarining
festivali bo‘lib o‘tdi. Bu anjumanning o‘tkazilishi pirovardida “So‘g‘diyona”
jamoasining xalqaro obro‘-e’tibori yanada ortdi. Ushbu ajoyib festival Zarafshon-
Nyumont qo‘shma korxonasi, “O‘zbeksanoat” Korporatsiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fransiya, Indoneziya, Rossiya, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston elchixonalari, Tatariston vakolatxonasi hamda O‘zbekiston bastakorlar
uyushmasi yordamida o‘tkazildi. “Anklung” (Indoneziya), Tattimbet nomidagi
qozoq xalq cholg‘ulari akademik orkestri (Qozog‘iston), Qirg‘iziston respublikasida
xizmat ko‘rsatgan jamoa, “Karamoldo Orozov” nomli xalq cholg‘ulari akademik
1
Elizabet Lottaro xonimning F.Abdurahimovaga yo‘llagan maktubidan. 1999 y.
8
orkestri ishtirok etdi. Konsertlarda nafaqat mutaxassislar, balki keng tinglovchilar
ommasi ham hozirgi zamon cholg‘u madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga
muyassar bo‘lishdi.
“So‘g‘diyona” jamoasining 1999-yilning 24-martida “Zarafshon” konsert
zalida bo‘lib o‘tgan “Vesenniy xorovod” nomli konsertini alohida ta’kidlab o‘tish
joizdir. Dasturda yangragan Avaz Mansurovning “Yangra, doyra jarangla!”
uvertyurasi, Ilyos Rahimovning “Sabo” hamda o‘zbek, eron va arab xalq kuylari
ushbu konsertning qiziqarli va mazmunli o‘tishini ta’minladi. Ikkinchi bo‘limda esa
turli mamlakat kompozitorlarining qayta ishlagan asarlari ijro etildi. I.Baxning
“Hazil”, V.Montining “Chardash”, Dj.Rossinining “Tarantella” va S.Djoplinning
“Regtaym” asarlari ayniqsa yoqimli va yorqin jarangladi.
Jamoa 1998, 2000, 2002-yillarda Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro simfonik
musiqa festivallari doirasida o‘tkazilgan chiqishlari orqali anjumanga tashrif
buyurgan mehmonlar qalbini o‘z san’ati va ajoyib mahorati bilan rom eta oldi.
Nazira Tursunova va Nodir Ibrohimovlar ijrosida yangragan N.Norxo‘jayevning
rubob prima va o‘zbek xalq cholg‘ulari kamer orkestri uchun yozilgan “Navro‘z
uforisi” dueti hamda M.Bafoyevning “Buxorocha konsert” asarlari tomoshabinlarda
katta taasurot qoldirdi.
“So‘g‘diyona” orkestri o‘zining ijro mahoratini 2003-yili Toshkentda bo‘lib
o‘tgan “Davr sadolari” festivalida yorqin namoyon etdi. 2006-yili “So‘g‘diyona”
orkestri “Kuz navolari” nomli musiqiy festival doirasida konsert dasturi bilan
qatnashdi. Jamoaning chiqishi 24-noyabrda Hamza nomidagi musiqa kolleji
(hozirda-V.Uspenskiy nomidagi RIMAL) ning katta konsert zalida bo‘lib o‘tdi.
Konsertda yakkanavoz sifatida turk sozandasi Xasan Niyazi Ture, O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan artist Adiba Sharipova va Alisher Navoiy nomidagi opera va balet
davlat Akademik katta teatrining yetakchi xonandasi O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan artist Shukur G‘ofurovlar ishtirok etdilar.
Dostları ilə paylaş: |