13
ta’kidlash joizki, XVII asr musiqasi milliy cholg‘ularda yangi tarovat kasb etdi.
O‘zbek musiqachilari nemis kompozitori I.Baxning 2-kamer syuitasidan “Hazil” va
“Menuet”- ni rang-barang tembr buyoqlari ichra kutilmagan yangi qirralarini ochgan
holda ijro etdilar. Yevropa kompozitorlarining asarlarini ijro etishda O‘zbekiston va
Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muyassar Razzoqova va O‘zbekistonda
xizmat
ko‘rsatgan artist Adbuhalil Abduqodirovlar ham qatnashdilar. Leypsigdagi Yevropa
uyi ishlari boshqaruvchisi doktor Yoxan Xan mazkur jamoa haqida shunday fikrni
bildirdi: “Orkestrning ijodiy cho‘qqilarga yuksalishida badiiy rahbar va dirijyor
Firuza Abdurahimovaning xizmatlari beqiyosdir. Badiiy rahbarning o‘ta
talabchanligi va intizomga qat’iy rioya qilishi jamoaning
hamjihatlikda ishlashga
undaydi. Jamoaning yosh musiqachilari tinglovchilarga ham madaniy, ham
ma’naviy zavq baxsh etdilar”
3
.
1996-yili “So‘g‘diyona” jamoasining ijodiy safarlar kundaligiga zarhal satrlar
bitildi. Chunki shu yili orkestr Ispaniyada o‘tkazilga xalqaro festivalning laureati
unvoniga sazovor bo‘ldi Orkestrning avgust oyida Logron’o shahrida o‘tkazilgan
XXX plektor musiqasi Xalqaro festivalida ishtiroki juda sermazmu bo‘ldi. Bu
festival butun dunyo bo‘yicha yagona bo‘ltb, o‘ttizinchi bor o‘tkazilishi edi. Bu
tadbirdan so‘ng butun dunyo musiqachilarida “So‘g‘diyona”
jamoasiga nisbatan
katta qiziqish uyg‘ondi.
Orkestr jamoasining Germaniya va Ispaniyaga qilgan ijodiy safarlari, mahorat
va ijroviy imkoniyat bobida muhim sinov maktabini o‘tadi. Jamoaning ijodiy
salohiyatini yuqori baholagan mutaxassis va musiqa ixlosmandlari orkestr tanlagan
yo‘li to‘g‘ri ekanligiga ishonch bildirdilar. Ayniqsa, G‘ofur
Norboyevning nayda
ijro etgan I.Baxning “Hazil” kuyini tinglovchilar ko‘tarinki ruhda qabul qilishdi.
Asarni oddiy shakldagi cholg‘uda, hech qanday moslamasiz mohirona ijro etilishi
barcha tomoshabinlarni, aniqrog‘i, musiqa ahlini hayratda qoldirdi.
Ispan tinglovchilarida nay, surnay, qo‘shnay, chang, doyra, nog‘ora kabi
cholg‘ularning sadolari katta taasurot qoldirdi. Shu tariqa “So‘g‘diyona”
orkestri
3
F.Abdurahimovaning shaxsiy arxividan (Yoxan Xan maktubi).
14
xalqaro festivalda ishtirok etib, birinchi Sharqiy jamoa sifatida o‘zini
dunyoga
tanitdi, o‘zbek milliy cholg‘ularida ijrochilik san’atini xalqaro miqyosga ko‘tardi va
keng omma e’tiborini xalqimizning ko‘p asrlik musiqa madaniyatiga jalb etdi.
Shuningdek, jamoa navbatdagi xalqaro festivalda ishtirok etish uchun taklifnomani
ham qo‘lga kiritdi. “So‘g‘diyona” jamoasi orqali o‘zbek xalq cholg‘ulari jahon
miqyosiga ko‘tarildi, ularni dunyo tan oldi.
Dostları ilə paylaş: