O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti


Jamiyat rivojlanishida madaniyat va san’at sohasining o‘rni



Yüklə 90,83 Kb.
səhifə3/7
tarix02.09.2023
ölçüsü90,83 Kb.
#141303
1   2   3   4   5   6   7
Siroj diplom

Jamiyat rivojlanishida madaniyat va san’at sohasining o‘rni

Ma’lumki, inson, uning tabiati va imkoniyatlari to‘g‘risidagi masala asosiy masalalardan biridir. Tabiatning mavjudlik qonuni xilma-xil bo‘lganidek, insonning ichki tabiati, ya’ni madaniyati ham tabiiy muhit, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar ta’sirida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish faqat ilgarilab borish, yangi qadriyatlarning vujudga kelishidangina iborat emas. Bu biron-bir sohadagi buzilishlar, inqiroziy alomatlarning kuchayishi bilan ham tavsiflanishi mumkin. Hozirgi zamon ilmiy- texnika taraqqiyotining tabiiy muhitga, ma’naviy hayotga va boshqa sohalarga salbiy ta’siri fikrimizning dalilidir. G‘arbiy Yevropada «madaniyat» tushunchasi XVIII asrning oxiridan e’tiboran hozirgi mazmunini kasb etgan bo‘lsa-da, faqat XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar kategorial tizimidan mustahkam o‘rin oldi. Kishilik jamiyatining beqiyos ko‘lamga ega va doimiy ravishda o‘zgarib boruvchi ma’lumotlarni muayyan tartibga solishga yordam beruvchi, umumlashtiruvchi tushunchalarga bo‘lgan ehtiyoji «madaniyat» tushunchasining keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Qadimgi Rimda «madaniyat» tushunchasidan «hayotni ma’naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g‘amxo‘rlik» degan ma’noda ham foydalangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur Rim faylasufi va notiq Sitseron ham «ruhiyat madaniyati» atamasini ishlatgan. ȿɜɪɨɩɚ xalqlarida XVIII asrning oxirlarigacha «madaniyat» atamasi «aqliy-axloqiy madaniyat» tushunchasi bilan yonma-yon ishlatilgan. Ko‘rinib turibdiki, «Madaniyat» tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay, qadimdan hozirgi kungacha o‘z mohiyatini o‘zgartirmagan. 2 Sivilizatsiya – bu, avvalo, madaniyat yutuqlaridir. Bir madaniyat-ning o‘zi esa bir nechta sulola va davlatlardan uzoq yashashi mumkin. O‘z navbatida, bir sivilizatsiyaning o‘zi ham shunchalik uzoq umr ko‘radiki, umri davomida bir-birini bosib olgan turli davlatlarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sivilizatsiya turli hududlarga tarqalishi, ularni bosib olishi (faqat kuch ishlatish yo‘li bilan emas), yangi -yangi xalq va davlatlarni egallashi mumkin. Shuningdek, sivilizatsiya o‘z madaniy qadriyat va yutuqlarini boshqa bir sivilizatsiyaga berib, o‘zi yo‘qolib ketishi ham mumkin.


Ayrim hollarda bir nechta sivilizatsiyalar birlashib, yagona sivilizatsiyani tashkil qilishi ham mumkin (masalan, grek-rim sivilizat-siyasi). Sivilizatsiyalar bir-biri bilan parallel ravishda yashashi yoki bo‘lmasa birin-ketin vujudga kelishi ham mumkin. Nima bo‘lganda ham, sivilizatsiya tarixi – madaniyat tarixidir. Sivilizatsiyani o‘rganish – undagi madaniyat rivojini o‘rganishdir. Sivilizatsiya madaniyatning muayyan namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettirishidir. Sivilizatsiya madaniyat-siz, madaniyatning sivilizatsiyasiz, undan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Chunki inson muayyan sivilizatsiya bag‘rida o‘tmish avlodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘zlashtirgan holda shakllanishi, kamol topishi mumkin. Hozirgi davrdagi madaniyatning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilishi davom etayotgan ma’naviyat, ruhiyatning o‘ziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyat «tabiiy» turmush tarzi asosida yashagan davrda: ya’ni, terib iste’mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan vaqtlarda madaniyat to‘g‘risidagi fikrning tug‘ilishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o‘z madaniyati bilan «qo‘shilib» yashagan. Urf-odatlar, e’tiqodlar, hayotning moddiy va ijtimoiy shakllari undan farq qilmagan. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo‘lishi uchun muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiy-lashuviga erishish talab etiladi. Shu asosda madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko‘proq mustaqil bo‘lib boradi. Aksincha insonning madaniyatga tobeligi ortadi. Hozirgi postindustrial jamiyatlardagi ekologik, ma’naviy va axloqiy sohalardagi mavjud muammolar fikrimizning dalilidir. Shuning uchun madaniyatni fenomen sifatida idrok etish, uning rivojlanish qonunlarini tushunish va shu tushunchalar asosida madaniyatni boshqarishga o‘rganish zaruriyat bo‘lib qoladi. Madaniyatshunoslik fani madaniy tarixiy davrlarni tahlil qilish-da bilishning quyidagi uch bosqichini tabiiy birlikda olib qarashga harakat qiladi:
a) muayyan davrning yaxlit qiyofasini, ya’ni uning badiiy obrazini yaratishga intiladi;
b) insoniyat borlig‘ining umumiy dinamikasida davrning ma’naviy o‘rnini aniqlaydi (ijtimoiy ong tarixida, fanda, san’at va falsafada o‘rganiluvchi davrga berilgan bahoning evolutsiyasini ham o‘z ichiga oladi);
v) muayyan davrning «mazmuni»ni tahlil qiladi, ya’ni uning hozirga davr tafakkurida qanday o‘ringa ega ekanligini, uning muammolari bizga qanday ta’sir etishini, bizga qaysi tomonlari bilan hozirgi vaziyatning qaysi sotsial va individual kamchiliklari unda aktuallashganligini ko‘rsatadi. Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o‘zgarib turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Muayyan tarixiy davrda yashagan kishilarning dunyo to‘g‘risidagi tasavvurlari, bilimi, ma’naviy qadriyatlari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishimiz uchun shu davrning mada-niyatiga murojaat qilishimiz lozim. Shuning uchun madaniyat-shunoslik fani turli xalqlarning madaniy rivojlanish tarixini jahon madaniy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish bilan birga, muayyan tarixiy davrning ijtimoiy taraqqiyotda tutgan ma’naviy rivojlanish bosqichlari, umumiy qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy davrlar mada-niyatlari va sotsial guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to‘g‘risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy va gumanitar bilimlarni tartibga keltiradi, ijtimoiy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko‘plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko‘rsatadi. Kishilarning fuqarolik va ma’naviy yetuklikka erishishlarida, fikrlar va qadriyatlar plyuralizmini ko‘ra bilishda fan taraqqiyotini to‘g‘ri baholash qobiliyatini hosil qilishda muhimdir. «Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam» (N. Berdyayev). Negaki, har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o‘lchanadi. Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham baja-radi. Insonda ziyolilik hissini tarbiyalash kursning diqqat markazida turadi. Kishi qanchalik ziyoli bo‘lsa, degan edi D. S. Lixachev, í u shuncha ko‘p tushunadi va o‘zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo‘lsa, u hamma yangiliklarga va «juda eski»likka nisbatan shunchalik befarq bo‘ladi. O‘zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo‘lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O‘tmishning madaniy qadriyatlarini va o‘zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko‘paytirish, estetik qimmatlarini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Insoniyat madaniyatining rivojlanish tarixi nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatlarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o‘zga madaniyatlarni bilish, ma’lum ma’no-da gumanizm tarixi bilan qo‘shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan hurmat, to‘g‘ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir. «Ziyolilik» tushunchasi ilmiy va oddiy ong darajasida ta’rifla-nishi jihatidan farq qiladi. Oddiy ong darajasida intelegentlilik deganda, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, asosan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, bilimli kishilar tushuniladi. Madaniyatshunoslik fanining yana bir muhim vazifasi kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. 3 Madaniyat faqatgina moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘in-disidan iborat emas, balki ijodiy faoliyatdir. Madaniyatshunoslik yangi ma’lumotlar berish bilan birga, yoshlarda madaniyat voqelik-lari bilan munosabatda bo‘lish malakasini hosil qiladi. Xilma-xil ma’lumotlar berish bilan birga, tinglovchilarda ilmiy tafakkur qilish uslublari uzluksizligi va mantiqiylikni shakllantiradi. Tarixiy davrlar madaniyatini o‘rganish madaniyatlarni qarama-qarshi qo‘yish, ularga baho berish, farq qilish maqsadlariga emas, balki yangilikni o‘rganish, boshqa madaniyatlar qimmatlaridan bahramand bo‘lishga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bajarishda madaniyatshunoslik kursi tarxiy antropologiya í madaniyatga yaxlit fenomen, dunyo va hayotni idrok etish usuli sifatida munosabatda bo‘ladi. Tarixiy antropologiyaning eng muhim tushunchalaridan biri mentalitetdir. Mentalitet – madaniyatga taalluqli bo‘lgan kishilarda u yoki bu muhitning muayyan «aqliy vositalar yig‘indisi», «psixologik moslama»lari mavjudligini bildiradi. Ular insonning tabiiy va sotsial borliqni mustaqil idrok etishiga shart-sharoit yaratadi. Betartib, uzuq-yuluq tushunchalar va ta’sirlar tafakkur orqali qayta ishlanishi natijasida nisbatan tartibli dunyo manzarasiga aylanadi. Bu manzara inson xatti-harakatida o‘chmas iz qoldiradi. Hozirgi zamon madaniyatshunoslik fani «madaniyat» tushun-chasining qo‘llanishiga qarab quyidagicha o‘rganadi:
a) individual shaxs madaniyati;
b) guruhiy madaniyat í milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy;
v) makon va zamonda cheklangan muayyan tipdagi jamiyat madaniyati;
g) insoniyat madaniyati.
Madaniyatni qo‘llanish jihatidan turlarga bo‘lish munozarali bo‘lsa-da, ularning mavjudligini inkor qila olmaymiz. Ijtimoiy taraqqiyot tafovutlarni yo‘qotmaydi, balki, aksincha, uning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun ularni tobora chuqur-roq o‘rganish madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurimizning kengayib borishiga xizmat qiladi. «Madaniyat» tushunchasi qo‘llanish jihatidan xilma-xil bo‘lgani kabi, kundalik hayotda (oddiy ong) va fanda ham turli mazmun kasb etadi. Biz «muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «xatti-harakat madaniyati» kabi iboralardan foydalanamiz va ularga ko‘nikib qolganmiz. Kundalik hayotda madaniyatdan voqelikni baholash tushunchasi sifatida foydalanish va shaxsning ma’lumotliligi, xushmuomalaligi, ozodaligi, vazminligi kabi xususiyatlari bilan bog‘lab tushuntirish odatga aylangan. Madaniyatli kishi tushunchasiga qo‘shib ishlatiluv-chi sifatlar juda keng bo‘lib, uni qo‘llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning ijtimoiy maqomiga bog‘liqdir. Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» va boshqalar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali madaniyat deganda, ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi tushuniladi. Ba’zan madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar shaharlar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish, «madaniy» kishilar bilan do‘stlashish va chiroyli narsalar bilan bog‘liq deb fikr qilinadi. Ro‘znomalarda, statistik ma’lumotlarda «iqtisod va madaniyat», «fan va madaniyat», «siyosat va madaniyat» iboralari ko‘p ishlatiladi, bunda madaniyat ma’naviy ustqurma yoki axloq va san’at sohalari bilan cheklangan. Ilmiy nuqtai nazardan iqtisodni, siyosatni va fanni madaniyatdan tashqari turuvchi soha deb hisoblash haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, mumtoz qadriyatlar va san’atning buyuk namunalari, ideal va yuksak intilishlar madaniyatga taalluqli sohalar bo‘lib, oddiy, kundalik narsalar unga yotdir, degan fikrlar asossizdir. Kundalik hayotda madaniyatga faqat qadriyatlar yig‘indisi sifatida qaralishi ham to‘g‘ri emas, chunki madaniyatda insoniyatga zararli bo‘lgan, eskilik qoldiqlari, to‘liq tekshirib ko‘rilmagan «yangiliklar» kabi salbiy narsalar ham o‘zlashtirilishi mumkin. Kundalik hayotda va fanda madaniyat atamasidan foydalanish to‘g‘risidagi mulohazalarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, madaniyat eng keng ma’noda insonni o‘rab turgan tabiatdan, ijtimoiy munosabatlarda va bevosita o‘zida stixiyali ravishda vujudga kelgan tayyor ma’lumotlardan foydalanishni, ongli ravishda ajratib olishni taqozo etadi. Madaniyat tabiatdan farq qiladi, an’analar, ramzlar, til, bevosita taqlid qilish va amaliy o‘rganish orqali avloddan-avlodga singdiriladi. Madaniyat shaxs tomonidan, uning sotsial jihatdan shakllanishi jarayonida o‘zlashtiriladi va asosan keng tarqalgan va ko‘pchilik qabul qilgan axloq, tafakkur va his qilishning parchalaridan tashkil topib, individual harakatlar hissasi bunda juda kamdir.
Oddiy ongda madaniyatni tushunishning xususiyati bevosita unda amaliy ishtirok etilishiga bog‘liqligidadir. Madaniy voqelik-larga inson befarq munosabatda bo‘la olmaydi. Uning qadriyatlarga munosabati va hissiy emotsional tasavvurlari bolalik davrida to‘plagan tajribasidan boshlanadi va kishining jamiyatda tutgan o‘rniga, yoshiga, mavqeiga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, u o‘ziga begona bo‘lgan urf-odatlar va xatti-harakatlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Fan esa bevosita umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan, obyektiv haqiqatga mos tushunchalardan foydalanishi kerak. 4
1. Qadriyat (aksiologik) o‘lchovi asosidagi ta’rif. Bunda mada-niyat insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qimmatlarning yig‘indisidan iborat deb talqin etiladi. Madaniyat inson faoliyatidan tashqarida mavjud emas. Baholash qadriyat nuqtai nazaridan voqelikni tahlil qilish faoliyatining tabiiy va zarur bo‘lgan shartidir. Madaniyat nimada namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, muayyan qadriy o‘lchovga ega bo‘ladi.
«Madaniyat» tushunchasi taraqqiyot, tarix, inson, insonparvarlik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda turadi. Insonning faoliyat natijasi, muayyan qadriyatlarga ega bo‘lgan voqelik predmetli aksiologik ta’rifning negizini tashkil etadi. U kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va aqliy faoliyatni qamrab oladi. Bu ta’rif kamchiliklardan ham xoli emas. U voqelikni yaxlit idrok etishga, natijalarni mexanik hisobga olishga asoslangan. Bunday yondashuv voqelikka subyektiv baho berishga imkoniyat yaratadi. Aksiologik yondashuv doirasida madaniyat faoliyat natijasi í o‘tmishga aylanib qolib, o‘tmish va hozirgi zamon bilan tabiiy aloqalar buzilishi mumkin.
2.Madaniyatni «faoliyat» tushunchasi asosida ta’riflash. Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli madaniyatni kishilarning ijodiy faoliyati jarayoni sifatida tushunish vujudga keldi. Faoliyat kategoriyasi o‘rganish obyekti inson bo‘lgan fanlar harakatini integratsiya qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Madaniyatni ijodiy faoliyat va inson faoliyatining o‘ziga xos uslubi sifatida ta’riflash konsepsiyasi bir qator muhim masalalarda bir-birini to‘ldiradi. Jamiyat nafaqat qayta qurishga, balki an’analarni, madaniy yodgorliklarni saqlab qolishga ham muhtojdir. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va ma’naviy kabi har qanday faoliyati ijodiy soha bilan birga, o‘zida faoliyat ko‘rsatish va madaniyatning o‘zlashtirish aspektlarini mujassam-lashtiradi. Ijodiyot faoliyat ko‘lami qancha katta bo‘lsa, madaniyat-ning ishlab turishi funksiyasi va kelgusi avlodlarga yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan faoliyat ko‘lami shuncha keng bo‘ladi. Faoliyat maqsadli yo‘naltirilgan faollikdir. Inson qanchalik faol harakat qilsa, shunchalik madaniyatning «chegaralari» yo‘qolib boradi. Bu chegaralar zamon, makon va qimmat o‘lchovlariga ega. Faqatgina belgilangan vaqt intervalida inson faoliyati natijalarini to‘g‘ri tasavvur qilish va ularni rejalashtirish mumkin. Faoliyat natijasi boshlanishidan qanchalik yiroq bo‘lsa, shunchalik uning madaniyat-ga munosabati noaniqlashib boradi.
Makonda va qiymat chegaralarida ham xuddi shunday xusu-siyatlar mavjud. Intensiv faoliyat chegaralarni kengaytiradi, lekin bunda vujudga keluvchi voqeliklar mavjud madaniyat uchun begona va xatarli bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, ushbu yondashuvga xos bo‘lgan madaniyatning tirik asosidan falsafiy abstraksiyalar dunyosiga o‘tishga intilishi, hozirgi davrga xos bo‘lgan texnokratik tafakkur ta’sirining kuchayishiga olib keladi. Ushbu ta’rifning kuchli tomonlari mavjudligiga qaramasdan, amalda u tarixiy-madaniy izlanishlardan yiroq bo‘lib qolmoqda. Axborot ta’rif madaniyatni «barcha irsiy bo‘lmagan axborotlar yig‘indisi», uni tashkil etish va saqlash uslublari sifatida ta’riflab, madaniyat axborotlar ombori emas», u nihoyatda murakkab tashkil etilgan mexanizm bo‘lib, axborotni doimiy ravishda eng foydali va qulay uslublarni ishlab chiqqan holda saqlaydi, yangi axborotlarni qabul qiladi, ularni qayta ma’lumotlarga aylantiradi, ularning belgilarini bir tizimdan boshqasiga o‘tkazadi, deb izohlaydi. «Barcha irsiy bo‘lmagan axborotlar yig‘indisi» deganda, xotirani tushunishimiz mumkin. Chunki xotira mexanik mazmunga ega emas, balki ijodiy jarayon hisoblanadi. Xotiraning eng muhim ma’naviy ahamiyati shundaki, u vaqt to‘sig‘ini yengadi va o‘limga qarshi turadi. Umumiy xususiyatlariga muvofiq, madaniyatni xotira bilan qiyoslashimiz mumkin. Bunda alohida olingan shaxsning xotirasini emas, balki jamiyat xotirasini nazarda tutamiz. YU. M. Lotmanning fikricha, bir qator qoidalar, cheklashlar sifatida namoyon bo‘luvchi tashkiliy vaziyat madaniyatni belgilov-chi xususiyat hisoblanadi. K. Levi Strosning fikriga ko‘ra, «qayerda qoida bo‘lsa, shu yerda madaniyat boshlanadi. Inson tabiatidagi barcha umumiylik tabiatga tegishli bo‘ladi va stixiyali avtomatizm bilan tavsiflanadi, majburlash normalari bilan belgilanuvchi sifatlar madaniyat sohasiga tegishli bo‘lib, o‘zida nisbiylik va xususiylikni mujassamlashtiradi».5 YU. M. Lotman shuni ta’kidlaydiki, «madaniyat entropiyasi» axborotga aylantirishning eng mukammal mexanizmidir. Bu mexa-nizm axborotni saqlashi va uzatishi bilan birga, uning ko‘lamlarini kengaytiradi. o‘zini o‘zi doimiy ravishda mukammallashtirishi va rivojlantirib borishi uning qonunidir. Shuning uchun madaniyat bir vaqtda ham barqarorlik, ham dinamizm xususiyatlarini namoyish qilishi kerak. Shu ma’noda madaniyat tirik organizm va san’at asarlariga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega. Madaniyatni insoniyat tomonidan yaratilgan yaxlit badiiy asar sifatida qabul qilmog‘imiz lozim.
XXI asrga kelib madaniyat ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib bormoqda. Hozirgi kunda ishlab chiqarish madaniyati haqida maishiy va xizmat ko‘rsatish (servis) madaniyati haqida, boshqaruv madaniyati haqida, xulq madaniyati haqida bemalol gapirish mumkin. Madaniyatning sanab o‘tilgan har bir sohasida inson kuch-qudrati rivojining natijasini ko‘rish mumkin.
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish rasm bo‘lgan. Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi – moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liqdir. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini va natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyatga uy-joy, kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or buyumlari, iste’mol vositalari deb ataladigan hodisalar ham kiradi. Bularsiz muayyan xalq madaniyati, uning tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlaridagi o‘ziga xosliklari haqida to‘g‘ri fikr yuritish mumkin emas. Albatta, moddiy madaniyatni faqat ishlab chiqarish va iste’mol vositalariga taqab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Moddiy madaniyatga texnika madaniyati, ishlab chiqarish madaniyati, rejalashtirish madaniyati, taqsimlash va ayirboshlash madaniyati kiradi. Ijtimoiy madaniyatga oila va nikoh masalalari madaniyati, ijtimoiy-demografik guruhlar madaniyati, maishiy madaniyat, maorif va ta’lim madaniyati, shaxslararo muloqot madaniyati, ekologik madaniyat kiradi. Siyosiy madaniyat sohasiga huquqiy madaniyat, fuqarolik madaniyati, siyosiy faoliyat yuritish madaniyati, ijtimoiy guruhlar, davlat, xalq kiradi. Ma’naviy madaniyat sohasiga dunyoqarash, mafkura, ilm-fan, din, badiiy madaniyat, san’at, milliy an’analar, axloqiy madaniyat, estetik madaniyat va boshqalar kiradi. Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda, faqat ma’naviy madaniyat nazarda tutildi. Negaki, borliqni haqiqat, yaxshilik, go‘zallik belgilaydi, deb hisoblashgan. Shuning uchun, birinchi o‘rinda, ilmiy tadqiqotlarning asosi axloq, nafosat bo‘lib keldi. Natijada, jamiyatning moddiy hayotini, uning iqtisodiyotini o‘rganishga e’tibor berilmadi. Moddiy madaniyat tadqiqot uchun qiziqarsiz hisoblangan. Industrial jamiyatning vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyoti va texnologiyalarining tezda almashishi madaniyatshunoslarni insoniyatning barcha moddiy madaniyatini o‘rganishga majbur qildi. Shuningdek, hozirgi kunda madaniyat tizimlaridan bo‘lmish moddiy va ma’naviy madaniyat bir-biriga shunday ta’sir qilishyaptiki, bir tomondan, ma’naviy madaniyat moddiy madaniyatning yaralishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, moddiy madaniyatning boyishi ma’naviy madaniyatning yangi qirralari ochilishiga sabab bo‘lmoqda.
Eng qizig‘i bo‘lmish uchinchi tomondan esa, moddiy madaniyatda ma’naviy madaniyat va, aksincha, ma’naviy madaniyatda moddiy madaniyatni uchratish mumkin. Masalan, ilmiy-texnik taraqqiyot bo‘l-mish ommaviy axborot vositalari, radio, televideniya, kino, magnitafon, videotexnika, kompyuter – moddiy madaniyat bo‘la turib, ma’naviy madaniyat oshishiga xizmat qilishadi. Ma’naviy madaniyat bo‘lmish ilm-fan esa texnikaning rivojiga xizmat qiladi. Hattoki, texnikani ma’naviylashtirish asri boshlandi (masalan, texnik estetika...). 6
Moddiy madaniyat insoniyat mehnati bilan yaralgan barcha qadriyatlar yig‘indisini bildiradi. U jamiyat hayoti darajasini, moddiy ehtiyoj va moddiy qondirilish imkoniyatini yaratadi. Moddiy madaniyatga, avvalo, mehnat qurollari va ishlab chiqarish, ijtimoiy-maishiy xizmat turlari (bular: transport, aloqa vositalari, kommunal uy-joy xo‘jaligi xizmati va boshq.). kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari kiradi. Demak, moddiy madaniyat – insonning tabiatni qay darajada egallay olganligini ko‘rsatadi.
Madaniyatshunos olim YU. V. Rojdestvenskiy o‘zining madaniyat-shunoslik faniga bag‘ishlangan asarlaridan birida moddiy madaniyat haqida qimmatli ma’lumotlar bergan.
1. Hayvonot olami.
2. O‘simlik navi.
3. Bino va qurilmalar.
Bu majmualar moddiy madaniyatning eng ko‘rgazmali elementi hisoblanadi.
Bino – insonlar mavjud bo‘ladigan, ular to‘planadigan joy. Qurilmalar deb qurilish ishlarining natijasiga nisbatan aytiladi.
Ularda xo‘jalik faoliyat sharoitini o‘zgartirish mumkin.
Bular – uy-joy, boshqaruv faoliyati uchun xona, o‘yin-kulgi uchun xona, axborot almashish uchun xona, o‘quv faoliyati uchun xona.
Qurilmalarga – suv xo‘jaligi, damba, ko‘priklar, ishlab chiqarish faoliyati uchun xonalar kiradi. Ta’kidlab o‘tish kerakki, bino va qurilmalar madaniyati mavjudligi – ularning ta’mirlanishida, foydali jihatlari yangilanib turishida ko‘rinadi.
Texnologik madaniyatda eng asosiy narsa ta’limdir. Ta’lim inson shaxsiga mo‘ljallangan. Ta’lim olgan insongina texnologik madaniyatni egallaydi.
Ma’naviy madaniyat moddiy madaniyatga nisbatan ancha avvalroq o‘rganila boshlangan. Insoniyat tarixining boshlaridan kishilar ma’naviy madaniyatni belgilashga, uning shakllanish sabablarini aniqlashga, ma’naviy boylik ijodkorlari va yaratuvchilari qanday sifatlarga ega bo‘lishlari kerakligi va ma’naviy ijodkorlik jarayoni qanday bo‘lishini tushuntirishga uringanlar.
Ma’naviy madaniyat ma’naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarini yaratish bilan bog‘liq faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat namoyon bo‘lishining turli ko‘rinishlari mavjud: har xil tasavvurlar va g‘oyalar, nazariyalar va ta’limotlar, ilmiy bilimlar va san’at asarlari, axloqiy va huquqiy normalar, falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya, din va boshq. Yana bir katta muammo — zamonaviy mediamakonda milliy madaniyatimiz munosib o'rin egallamaganida. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to'liq joriy etilmagani sohani xalqaro madaniy jarayonlarga integratsiya qilishga yo'l bermayapti. Bundan tashqari, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning tuzukroq tizimi yaratilmagan, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ham etarlicha yo'lga qo'yilmagan... Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyov 2017-yil madaniyat va sanʼat sohasi rahbarlari bilan uchrashuvda shunday taʼkidlagan edi: “Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu maʼnoda, madaniyat — bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz Oʻzbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim”.
Darhaqiqat insoniyat maʼnaviyati va tafakkuri rivojlanishi madaniyat va sanʼatsiz kechmaydi. Mamlaktimizda ham bu soha turli sabablar bilan yuksalish va depsinish davrini boshidan oʻtkazib keldi. Lekin soʻnggi yillarda mazkur sohalarni rivojlanishning yangi bosqichiga koʻtarish yuzasidan hukumatimiz tomonidan tub oʻzgarishlar, islohotlar olib borilmoqda. Eng quvonarlisi, butun yer kurrasiga kelgan balo — pandemiya sharoitida ham yurtimizda madaniyat va sanʼatga boʻlgan eʼtibordan chetda qolmadi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 26-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazkur soha vakillarining, keng koʻlamdagi sanʼat ixlosmandlarining uzoq kutilgan orzulari, istaklarini roʻyobga chiqarishga katta imkoniyat, sharoit yaratdi. 7 Keyingi yillarda madaniyat sohasida ham shaklan, ham mazmunan oʻzgarishlarni kuzatyapmiz. Hukmron mafkura, mustabid tizim taʼsirida Gʻarb madaniyatiga taqlidan rivojlangan mazkur sohani tubdan yangilashga barcha imkoniyatlar yaratib berildi. Har bir insonda tafakkur, fikrlash erkin, mustaqil boʻlishi kerak. Ommaviy tarzda bir xil fikrlash halokatli. Bunda ijod ham, rivojlanish ham boʻlmaydi. Ana shu maʼnoda oʻylamasdan taqlid qilish milliy qiyofani, oʻzlikni unutishga olib keladi. Ayni paytda dunyo adabtiyoti, madaniyat va sanʼatidagi ilgʻor, umuminsoniy qadriyatlarga yoʻgʻrilgan gʻoyalarni oʻrganish, oʻzlashtirish talab etiladi. Har qanday soha boshqalaridan ajralshgan holda yakka oʻzi rivojlana olmaydi. Bugun Oʻzbekistonda milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirish masalasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralyapti. Negaki, madaniyat va sanʼat millat taraqqiyoti yoʻlidagi nihoyatda ahamiyatli va oʻta nozik soha. Chunki bu soha jamiyatning yuragiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladigan, tilagiga koʻchadigan tuygʻularni tarbiyalaydi. Aytganingizdek, sohada tubdan yangilanish uchun imkoniyatlar kengaygani barobarida milliy madaniyatimizni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan kamchiliklar ham talaygina. Masalan, madaniyat va sanʼat muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yoʻq. Yoki yosh ijodkorlarga taʼlim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida tayinli tizim mavjud emas. Busiz madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish, aholining madaniy ehtiyojlarini qondirish, madaniy xizmatlar sifatini oshirish qiyin vazifa. Bundan tashqari, aksariyat madaniyat va sanʼat muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablariga mos kelmaydi, bu esa ularning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishi uchun imkon bermaydi. Yana bir katta muammo — zamonaviy mediamakonda milliy madaniyatimiz munosib oʻrin egallamaganida. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻliq joriy etilmagani sohani xalqaro madaniy jarayonlarga integratsiya qilishga yoʻl bermayapti. Bundan tashqari, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning tuzukroq tizimi yaratilmagan, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ham yetarlicha yoʻlga qoʻyilmagan... Xullas, masalalar yetarli va ularni tizimli ravishda yechish uchun ham milliy madaniyatimizni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Endi hammamiz uyushib, jon koyitib, milliy madaniyatning barcha yoʻnalishlari — moddiy va nomoddiy madaniy meros hamda muzeylar, teatr, kino, sirk, milliy musiqa, estrada, raqs, tasviriy va amaliy sanʼatlar, madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlari, ilm-fan, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, madaniyat turizmi sohalarida natija, oʻzgarishlar qilish, rivojlanish uchun tinmay ishlashimiz kerak. Yana bir narsani aytish joizki, bugun soha xodimlarining tizimga doir farmon va qarorlarlar bilan toʻliq tanishmayotgani, ularning ichiga chuqur kirib bormayotgani, shuningdek, ularning mazmun-mohiyati, ijrosi quyi boʻgʻinlargacha ham yetib bormayotgani ham tizim rivojiga toʻsqinlik qilyapti. Bugun biz Uchinchi Renessansni oldimizga katta maqsad qilib qoʻydik. Bu boradagi islohotlarda madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari eng old safda boʻlishi kerak. Toʻgʻrirogʻi, birinchi galda bizning oʻzimiz ana shu maqsad mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Fuqarolarimizda ham jamiyat rivojida, uygʻonish davrida mening ham hissam boʻlishi kerak, degan fikrni shakllantira olsak, rejalarimiz, intilishlarimiz yana-da tez va yuqori samara bera boshlaydi. Oʻzbekistonning madaniyati mangulikka daxldor, degan asosli jumlada biz madaniy qadriyatlar va madaniy meros obyektlarining ulugʻvorligini, avlodlarimiz tarixini eslatuvchi asosiy manba ekanligini tushunamiz. Ushbu qadriyatlarimiz va madaniy meros obyektlarimiz yoshlar tarbiyasini mukammal rivojlantirish, ular dunyoqarashini oʻzgartirib, globallashuv zamonida tubanlikka tushib qolmasliklarida asosiy manba boʻlib xizmat qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Oʻzbekistonda keng koʻlamli demokratik islohotlar asosida yangi Uygʻonish davri — uchinchi Renessansning poydevorini shakllantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish zaruriyati, yangi milliy mafkuraga aylanishi, xususan, madaniy merosimizning xalqaro andozalarga mos ravishda saqlanishini taʼminlash uchun soha mutaxassislari nimalar qilishimiz kerakligi haqida bezovta boʻlmoqda, qaygʻurmoqda. Bir qarashda, hamma shart-sharoitlar mavjud, qonun bor, mutasaddilar bor, muammo ham yoʻqdek tuyuladi. Diyorimizda taxminan 8000 ta moddiy madaniy merosimiz bor, ularni shu holda saqlashda, avloddan-avlodga oʻtishini taʼminlashda yoshlarimiz katta kuch hisoblanadi. Istiqlolimiz sharofati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), xalqaro YUNESKO tashkiloti aʼzosi boʻldi. 1996-yilda “Umumjahon tabiiy va madaniy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi konvensiyasini ratifikatsiya qildi. 1991-yilda Xivadagi “Ichan qalʼa”, 1993-yilda Buxoro tarixiy markazi, 2000-yilda Shahrisabz tarixiy markazi, 2001-yilda Samarqand “Samarqand – madaniyatlar chorrahasida” nomi bilan Umumjahon madaniy meroslari roʻyxatiga kiritilgan. Bu oʻz-oʻzidan, yuqoridagi meroslarimizni xalqaro andozalarga mos ravishda saqlanishini taʼminlashimizni taqazo qiladi. 8 Bu borada nimalar qilishimiz lozim, degan savolga shunday javob boʻladiki, avvalo, sohani bilimdon mutaxassislar bilan toʻldirish. Shu bilan birga, mavjud soha mutaxassislarini merosimizni xalqaro andozalarga mos ravishda saqlanishini taʼminlashga qayta tayyorlash, zamonaviy ilm-fan, texnika yutuqlari va xalqaro andozalarga mos ravishda ishlash, shuningdek, xalqaro tajribalarni oʻrganib, sohaga tadbiq etish hozirgi paytdagi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, yaqinda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, institut Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi. Bu bilan madaniy meroslarimizni saqlash va kelajak avlodga yetkazish borasidagi ishlarimiz yangi bosqichga koʻtariladi, deb oʻylayman.
Respublikamizda bugungi kunda 826 ta madaniyat markazlari faoliyat yuritadi, va bular havaskorlik sanʼatini rivojlantirishda asosiy poydevor boʻlib xizmat qiladi. Ushbu madaniyat markazlarida jami 4522 ta toʻgarak mavjud boʻlib ularda 52 970 nafar havaskorlar faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shundan 37 340 nafarini yoshlar tashkil etadi. Shuningdek, madaniyat markazlarida 482 ta xalq havaskorlik unvoniga ega boʻlgan jamoalar mavjud boʻlib, ushbu jamoalarga jami 5000 dan ortiq havaskor ishtirok etib kelmoqda. Shu maʼnoda madaniyat markazlari faoliyatini takomillashtirish, ularga zarur sharoitlarni yaratib berish muhim hisoblanadi. Bugungi kunga qadar 367 ta madaniyat markazlari taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Prezidentimizning 2020-yil 26-maydagi Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 25-bandida Madaniyat vazirligiga madaniyat markazlari uchun yangi binolar qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash vazifasi yuklatilgan. Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida vazirlik tomonidan “2021-2024-yillarda madaniyat markazlarining binolari kompleksini qurish va jihozlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Loyihada 459 ta madaniyat markazlari yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash rejalashtirilgan. Sohaga oid eng quvonchli holatlardan yana biri shuki, Prezidentimizning 2019-yil 14-mayda qabul qilgan “Baxshichilik sanʼatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori asosida Termiz shahrida Respublika baxshichilik sanʼati markazi va uning huzurida Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi. Xalq ogʻzaki ijodining durdonasi boʻlmish baxshichilik sanʼatini keng targʻib etish borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi mavjud 233 ta madaniyat muassasalarida baxshichilik yoʻnalishi boʻyicha sinf va toʻgaraklar ochilib, 2042 nafar yoshlar jalb etildi. Goʻroʻgʻli turkumidan oʻzbek xalq dostonlaridan saralangan “Oltin qoboq”, “Chambil qamali” va “Olamon bilan Qoramon” nomli dostonlar 1000 nusxadan chop etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali gʻolibi Abdunazar Poyonov, Oʻzbekiston xalq baxshilari Qalandar (Roʻzimboy) Normatov, Qahhor Raximov, Mahmatmurod Rajabov, Tenel Qalliyev, baxshi Gulsara Joldasbayeva bilan ijodiy uchrashuv tashkil etilib, Oʻzbekiston milliy teleradikompaniyasining markaziy hamda hududiy telekanallari orqali namoyish etildi. Baxshichilik sanʼati, tarixi, baxshilar xaqidagi maʼlumotlar, ular ijro etgan asarlarni oʻz ichiga olgan reyestr tuzilib, Madaniyat vazirligi huzurida “bakhshi.uz” sayti faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bunday ishlar zamirida albatta, yoshlarda milliyligimizga muhabbat hissini oshirish maqsadi turibdi. Termiz shahrida 3 nafar baxshichilik sanʼati ijrochilariga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uylar berilgani ham baxshichilik sanʼatini rivojlantirish istagidagi yoshlarimizga yana-da kuch bagʻishlashi, shubhasiz. Albatta, bu borada ham muammolar yoʻq emas. Xususan, Madaniyat markazlarida musiqa cholgʻulari va boshqa jihozlar bilan taʼminlanganlik darajasi 60 foizni tashkil etadi. Cholgʻular, ovoz kuchaytirgich uskunalari, sahna liboslari hamda moddiy texnika bazasi (mebel jihozlari)ni mustahkamlash zarur boʻladi. 9 Madaniyat markazlarining moliyalashtirish hamda namunaviy shtatlari jadvali bugungi zamon talabiga javob bermayotgani yana bir kamchilik boʻlsa, Madaniyat markazlari binosi va hududidagi yer maydonlarini Madaniyat vazirligi bilan kelishilmagan holda mahalliy hokimliklar tomonidan zaxiraga olinib, xususiylashtirilayotgani ham jiddiy muammolardan biridir. Bundan tashqari, hatto nufuzli unvonga ega boʻlgan jamoalarning sahna kiyimlari yetarli emas. Jamoalar tomonidan viloyatning chekka hududlarida, mahallalarda konsert tomoshalarini tashkil etishda transport ajratish masalasi ham yechimini kutayotgan muammolardan. Respublika Baxshichilik sanʼati markazi va uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasini Toshkent shahriga koʻchirish va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari boʻlimlarini tashkil etish baxshichilik sanʼatini dunyo miqyosida keng targʻib etishda muhim omil boʻladi. Avvalo muzeylar mavzusiga toʻxtalsam. Keyingi yillarda, ayniqsa, soʻnggi 3-4 yilda muzeylar sohasiga berilayotgan eʼtibor, amalga oshirilayotgan ishlar, yutuqlar haqida juda koʻp gapirish mumkin. Bundan tashqari, Prezidentimizning “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida ham muzeylar sohasiga alohida eʼtibor qaratilib, muhim vazifalar va topshiriqlar belgilab olindi. 10 Jumladan, oʻtgan 3-4 yil davomida 10 dan ortiq yangi muzeylar tashkil etildi. Xususan, Moʻynoq Ekologiya muzeyi, Shahrisabz shahridagi Maqom muzeyi, Fargʻona viloyatidagi Erkin Vohidov uy-muzeyi hamda memorial muzeyi, Xaziniy uy-muzeyi, Qoʻqon shahridagi Buyuk allomalar muzeyi, Buxoro viloyatidagi Mutal Burxonov uy muzeyi, Samarqand viloyatidagi Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyi, Namangan viloyatidagi Isʼhoqxon Ibrat, Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya, Sharof Rashidov yodgorlik muzeylari, Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyi hamda Abdulla Qodiriy memorial muzeylari shular jumlasidan. Ushbu davr davomida yana 15 ga yaqin muzey binolarida rekonstruksiya qilish, taʼmirlash-tiklash ishlari izchil olib borildi. Bunga yaqqol misol sifatida, Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida olib borilgan rekonstruksiya, Samarqand shahridagi Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi, Chirchiq shahar tarixi muzeylarida olib borilgan mukammal taʼmirlash ishlarini koʻrsatish mukin. Jumladan, 2020-2025-yillar davomida bosqichma-bosqich har bir tuman va shaharda tarix va madaniyat davlat muzeylarining filiallari shaklida oʻlkashunoslik muzeylari tashkil etish belgilandi. Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida muzeyshunoslik, sanʼatshunoslik, madaniyatshunoslik yoʻnalishlarida ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar va ilmiy-metodik kengashlar tashkil etish belgilangan edi va hozirgi kunda Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi hamda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. 2020-yil sentyabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb eʼlon qilindi va ushbu “ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish uchun davlat muzeylariga bepul kiritilishi koʻzda tutildi. Toshkent shahrida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi uchun yangi binolar kompleksini qurish belgilandi. Shuningdek, teatr sanʼati oʻzining jamiyat oldidagi vazifasi va rivojlanish yoʻlini toʻgʻri belgilab oldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Teatr sanʼati asrlar davomida insonlarni tarbiyalovchi, maʼnaviyatini shakllantiruvchi qudratli vosita hisoblanib kelgan. Shu sababli boʻlsa kerak, sahna sanʼati mavqeini yana-da oshirish, moddiy-texnik bazasini zamon talablari darajasida takomillashtirish, zamonaviy binolarini qurib foydalanishga topshirish, eng muhimi yangi teatrlar tashkil etish borasida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi yillarda teatr sanʼatiga, ijodkorlarga eʼtibor kuchaydi. Birgina misol, 2020-yilda 39 teatrning 15 tasiga spektakl sahnalashtirish uchun 2 milliard 400 million soʻm mablagʻ hisobida davlat buyurtmasi ajratildi. Ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Respublika qoʻgʻirchoq teatrlari, yosh rejissyorlarning “Debyut” koʻrik festivali ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar oʻtkazildi. Pyesalar tanlovlari oʻtkazilib, gʻolib mualliflar taqdirlandi. Dramaturglarning bir necha yillik qalam haqqidan qarzdorlik bartaraf etilib, 41 nafar muallifga qalam haqi toʻlab berildi. Pandemiya sababli nisbatan ogʻir yil boʻlishiga qaramay, teatrlarimiz ham oʻz vazifalarini sidqidildan bajarmoqda, maʼlum muddat masofadan ishlash tizimiga oʻtdi. Yil davomida repertuar rejaga kiritilgan spektakllarning deyarli 95 foizi sahnalashtirildi. Ulugʻ namoyandalarning xotira kechalari, taniqli sanʼatkorlarimizning ijodiy kechalari va benefislari oʻtkazildi. Karantin boʻlishiga qaramasdan teatrlar hamda Oʻzbek davlat sirkining ijodiy xodimlari ishdan uzilmagan holda 2020-yil uchun rejalashtirilgan 22 ta gastrollarining 2 tasini jonli, qolgan 20 tasini respublika boʻylab onlayn amalga oshirdi. Oʻzbekiston Respublikasi butun dunyo bolalar va yoshlar teatrlari assotsiatsiyasiga aʼzo boʻldi. Tasviriy sanʼat va kino sohasida ham tub burilishlarga guvoh boʻlyapmiz. Prezidentimizning 2020-yilning 21-aprelidagi “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yana-da oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar fikrimiz dalilidir. Davlatimiz rahbari oʻtgan yilning 20-noyabr kuni kinoijodkorlar bilan uchrashuvida soha istiqboli uchun belgilab olingan qator vazifalar oʻzbek kinosining porloq kelajagiga xizmat qiladi, deb oʻylayman. Agar maqom sanʼatining isteʼmolchisi boʻlmasa, 50 yildan keyin bu sanʼat yashaydimi yoʻqmi, degan jiddiy masala koʻndalang boʻladi. Bizga uni asrab qolish barobarida davom ham ettiradigan, mening milliy boyligim, gʻururim ota-bobolarimdan qolgan meros, deya qadrlaydigan yoshlar kerak. Bu darajaga yetish, maqomni eshita olish uchun esa ilm kerak. Kitobga, adabiyotga, nazmga oshno boʻlmagan odam uni anglay olmaydi. Shu maʼnoda, mazkur yangi tashkil etilgan institut avvalo, yoshlarda milliy ruh, unga hurmatni tarbiyalashi koʻzda tutilgan. Qolaversa, ushbu institutning tashkil etilishiga madaniyat sohasining muayyan ehtiyojlari sabab boʻldi. Xususan, maqom ijrochiligi va baxshichilik sanʼati boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, milliy musiqa sanʼati va xalq ijodiyoti yoʻnalishlarida xorijiy taʼlim muassasalari va markazlari bilan xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, madaniyat muassasalari va badiiy jamoalar bilan talabalar amaliyotini tashkil etish kabi keng koʻlamdagi vazifalar va rejalar institut zimmasiga qoʻyilgan. Tabiiyki, yangi tashkil etilgan institutning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilangan ushbu vazifalarni amalga oshirish borasida butun jamoa bilan jipslashib ish boshladik. Oʻylaymizki, yangi oliygoh madaniyat sohasiga, maqom sanʼatimizga eng professional, har tomonlama yetuk va barkamol soha xodimlarini munosib tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu esa taraqqiyotimizning bosh mezoni boʻlgan madaniy-maʼnaviy evrilishlarni yana-da jadallashtirishga xizmat qiladi.



    1. Yüklə 90,83 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin