O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakulteti


Uchinchi Renessansning barpo etilishida madaniyat va san’at sohasining roli



Yüklə 90,83 Kb.
səhifə6/7
tarix02.09.2023
ölçüsü90,83 Kb.
#141303
1   2   3   4   5   6   7
Siroj diplom

Uchinchi Renessansning barpo etilishida madaniyat va san’at sohasining roli

“Renessans” lugʻaviy fransuzcha “qayta tugʻilish” degan maʼnoni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, sanʼatda, taʼlim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turgʻunlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi. Ilk bor atama Yevropada oʻrta asrlar mutaassibligidan keyin 15-16 asrlardagi rivojlanish davriga nisbatan qoʻllanilgan. Renessans atalmish mazkur ijtimoiy hodisa oʻzbek tiliga Uygʻonish davri deb oʻgirilgan. Avstriyalik atoqli sharqshunos Adam Mesning 1909-yilda “Musulmon Renessansi” nomli fundamental asari chop etilgan. Shundan buyon Renessans faqat Yevropaga oid hodisa emasligi, uni Sharq xalqlari yevropaliklarga nisbatan avvalroq boshdan kechirgani toʻgʻrisidagi qarashlar va tadqiqotlar paydo boʻla boshladi. Rossiyalik buyuk sharqshunos akademik N. N. Konrad Renessans VII — VIII asrlarda Xitoyda boshlanib, VIII asrda Hindistonda davom etgani, undan IX-XII asrlarda islom mamlakatlari estafetani qabul qilgani, moʻgʻul istilosi tufayli ancha pasayib qolgan yuksalish Amir Temur va temuriylar davrida yana qayta gurkurab oʻsganini taʼkidlaydi. U Oʻrta Sharq Uygʻonish davrini Alisher Navoiy zamonasigacha choʻzadi. Javoharlal Neru Boburni ham Renessansning tipik vakili, deb baholagan edi. XV asrdan Renessans Yevropaga siljidi. Bu paytga kelib Yevropa 300 —350-yil davomida islom olimlari, jumladan, bizning buyuk ajdodlarimiz asarlarini, ayniqsa, Xorazmiy, Fargʻoniy va Ibn Sino asarlarini lotinchaga oʻgirib, chuqur oʻzlashtirib olgan edi. Yevropa Uygʻonishiga juda kuchli taʼsir koʻrsatganlardan biri Ibn Rushddir. Yevropa falsafasi va ilmiy tafakkurida XVI asr oʻrtalarigacha averroizm (Ibn Rushd taʼlimotiga asoslangan oqim) mavqeini saqlab turdi. Afsuski, XVI asrning 30 — 40 yillarida bizda anʼanaviy jamiyat uzil-kesil qaror topdi. Ilmiy, badiiy izlanishlarga ijtimoiy ehtiyoj pasayib ketdi. Oʻtmish yutuqlari oldida qulluq qilish, ularni ideallashtirish va faqat takrorlashga urinish, yangiliklarga salbiy munosabat shakllandi. Asta-sekin chuqur turgʻunlik va inqiroz boshlandi. Ular noxush ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, diniy-mafkuraviy, regional nizolar va ayirmachilik kabi sabablar bilan qoʻshilib qoloq boʻlib qolishimizga, XIX asr ikkinchi yarmida milliy mustaqilligimizni yoʻqotishga olib keldi. Oʻtmishdan birinchi boʻlib teran tarixiy xulosa chiqargan — jadid bobolarimiz edi. Ular taklif qilgan islohotlar millatni qayta uygʻotish, taraqqiyot tomon burishni koʻzladi. Ammo mustabid hokimiyat jadidlar harakatini avj olmasdan boʻgʻib qoʻydi. Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shugʻullanishga toʻgʻri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga oʻtganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qoʻydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX — XII asrlar, ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi — XVI asr birinchi choragi. Birinchi Renessansda yurtimizdan Fargʻoniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar — Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar — Moturidiy va Abul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi. Ikkinchi Renessansda — Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk meʼmorlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar. 16 Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilgʻor, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi boʻlsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmogʻimiz zarur.Uchinchi Renessans milliy gʻoyaga aylanishi zarur Milliy gʻoya aslida muayyan xalqning oliy istiqbol maqsadini bir necha soʻzlarda yoki iborada mujassam ifodalovchi tushunchalar yoki shior, iboradir. U xalqni oʻsha maqsad yoʻlida birlashtiradi, safarbar etadi. Xalq barcha saʼy-harakatlarini, intilishlarini, bunyodkorlik faoliyatini unga muvofiqlashtiradi. Zarur boʻlsa, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarini, mamlakatning huquqiy, siyosiy, mafkuraviy asoslarini, taʼlim-tarbiya tizimini chuqur isloh qiladi. Milliy gʻoyaning asosiy vazifalaridan biri, avvalo, xalqning jipsligini, birligini, mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlash va mustahkamlashdir. Ikkinchidan, millatning oliy maqsadini, rivojlanish marralarini, moʻljallarini umumiy tarzda aniqlaydi. Milliy gʻoya turli iboralarda ifodalanishi mumkin. Lekin ifoda shaklidan qatʼi nazar, xalqqa istiqbolni, ijtimoiy moʻljalni koʻrsatishi shart. 17 Istiqlolga erishganimizdan keyin dastlabki yillarda “Oʻzbekiston — kelajagi buyuk davlat” shiori olgʻa surildi. U amalda milliy gʻoya vazifasini oʻtadi va xalqni birlashtirishda, safarbar etishda katta rol oʻynadi. Mazkur jozibali shiorda urgʻu jamiyatga emas, davlatga berilgandi. Keyinchalik milliy gʻoya shaklan takomillashtirilganda “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” iborasi olgʻa surildi. Unda urgʻu siyosiy tashkilotga (davlatga) emas, balki har kishi uchun, siyosiy, mafkuraviy qarashlaridan qatʼi nazar, birdek aziz Vatanga hamda shaxs va jamiyat hech qachon befarq boʻlmaydigan erkinlikka va farovonlikka qoʻyildi. Milliy gʻoyaning bunday tushunchaviy ifodasi ancha mukammallik kasb etdi. Ammo uning mazmunini, uni amalga oshirish vazifalarini ochib berishga yetarlicha masʼuliyat bilan yondashilmadi. Ayniqsa, u islohotlarning yoʻnalishlari, sohalari, turli bosqichlari, amaldagi va ehtimoldagi muammolari bilan bogʻlanmadi. Natijada u mafkuraviy chaqiriq, quruq shior darajasida qolib ketdi. Aniq muammolar va vazifalardan yiroqligi uchun odamlarga taʼsiri asta-sekin susaya boshladi. Katta qiziqish va xayrixohlik bilan kutib olingan “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot” bugun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotimizga real taʼsir koʻrsatayotirmi, degan savolga aniq javob berish ancha mushkul. Milliy gʻoyani jonlantirish uchun uni Uchinchi Renessans gʻoyasi bilan boyitish zarur. Faqat Uchinchi Renessansni amalga oshirib, biz ozod va obod Vatanda erkin va farovon hayotni barpo eta olamiz. Yoki, yana qulayrogʻi, Uchinchi Renessansga erishishni milliy gʻoyaning yangi ifodasi, deb eʼlon qilish maqsadga muvofiq. Milliy gʻoya joriy vazifalarni emas, balki strategik oliy maqsadni ifodalaydi. Shu maʼnoda Uchinchi Renessans gʻoyasi istiqbolga intilishga juda mos keladi. Mazkur gʻoyaning safarbarlik kuchi, umuman, mafkuraviy salohiyati juda yuqori. Ayni chogʻda oʻtmish tariximizning shonli sahifalari, buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik va ijodkorlik salohiyati bilan bogʻlanadi. Bizga mazkur tushuncha kimlarning vorislari ekanimizni eslatib turadi. Yangi Renessans yoʻlida xalqimiz turli mayda, vaqtinchalik masalalarga, guruhbozlik, mahalliychilik, ayirmachilik, mafkuraviy mutaassiblikning har xil koʻrinishlariga chalgʻimasligi kerak. Tarix saboqlarini unutishga haqqimiz yoʻq. Uchinchi Renessans gʻoyasi milliy ruhiyatimizga, xalqimiz armon-orzusiga yaqin. Zotan, xalq ilgari oqqan daryosi yana oqishini astoydil istaydi. Uchinchi Renessans gʻoyasini hayotiy va taʼsirchan milliy gʻoyaga aylantirishni nimadan boshlamoq kerak? Holva degan bilan ogʻiz chuchimaganidek, Renessans degan bilan u sodir boʻlib qolmaydi. Buning uchun har tomonlama puxta oʻylangan siyosat olib borilishi, xalqda ruhiy koʻtarilish, qatʼiy irodali intilish yuz bermogʻi zarur. Avvalo, tushuncha mazmunini aniq ochib berish, aholining barcha qatlamlari, avvalo, yoshlar ongiga yetkazish kerak. Oʻtmish renessanslari davrida ajdodlarimiz nimalarga erishganini, jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini, boshqa xalqlar, mintaqalar yutuqlari bilan taqqoslab, jahonning yetakchi madaniyatlaridan, ilm-fani, sanʼati va adabiyotlaridan birini, ilgʻor ijtimoiy fikru qarashlarini yaratganini qisqa, loʻnda, dabdabali jumlalarsiz yoritish zarur. 18 Shuningdek, ularning inqiroz sabablari xolis tahlil etilmogʻi lozim. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Buyuk Ipak yoʻlining toʻxtab qolgani obyektiv sabablardan biri boʻlsa-da, ichki va tashqi nizolar, taxt talashlar, ayirmachilik va uch davlatga boʻlinib ketish, inson komilligi faqat insonning ichki dunyosiga qaratilib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yetarlicha eʼtibor bermaslik kabi subyektiv omillar inqirozni keltirib chiqargan asosiy sabablar edi. Tarixdan saboq olish, tegishli xulosa chiqarish uchun bular yoshlar, aholi ongiga yetkazilishi kerak. Biz koʻproq avvalgi uygʻonish davrlarimizning yutuqlarini faxr bilan eʼtirof etib, negadir ularning inqirozi sabablari haqida gapirishni unchalik xushlamaymiz. 19 Birinchi va ikkinchi renessanslarning tarixiy sharoiti va davri talablari, imkoniyatlarini haqqoniy baholab, Yangi Renessansning tarixiy sharoitlari va talablari mutlaqo oʻzgacha ekanini asoslash, dalillash maqsadga muvofiq. Uchinchi Renessans toʻrtinchi sanoat inqilobi bilan muvoziy, bir vaqtda kechadi. Shu sababdan u, avvalo, texnologik inqilobni, yuksak rivojlangan raqamli smart (aqlli) iqtisodiyotni taqozo qiladi. Oʻz navbatida, raqamli, smart iqtisodiyotga oʻtish uchun ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, avtomatlashtirish, robotlashtirish talab etiladi. Mazkur jarayon Oʻzbekistonda qanday bosqichlarda amalga oshirilishi, uning moddiy-moliyaviy, insoniy, ilmiy va ilmiy-texnologik taʼminoti boʻyicha istiqbolli aniq kompleks dasturlar yangi Renessans gʻoyasi bilan mafkuraviy jihatdan bogʻlanishi shart. Ilmiy, ilmiy-texnologik taʼminot taqozosidan kelib chiqib, taʼlim-tarbiya sohasining barcha boʻgʻinlari uzluksiz isloh etib borilishi kerak. Avvalgi ikkala Renessans mustahkam maʼnaviy-mafkuraviy negizda, birinchi galda yuksak axloqiylik, adolat, ilmga tashnalik va bagʻrikenglik asosida yuz bergan. Islom halollik va toʻgʻrilikni, insof va adolatni, ilm va amaliy faollikni hamma narsadan ustun qoʻygan. “Ilm izlab Chinga boʻlsa-da, bor”, “Sendan harakat — mendan barakat”, “Bir soatlik adolat barcha insu jinslarning qirq kunlik ibodatidan ustun” va koʻplab shu kabi hadislar, naqllar ajdodlarimizning ijtimoiy moʻljaliga aylangan edi. “Baytul hikma”da 40 dan ortiq tarjimonlar qadimgi yunon tilidan, 14 nafar tarjimon sanskrit tilidan, 4 nafar tarjimon Xitoy tilidan ilmiy, tibbiy va falsafiy asarlarni arabchaga oʻgirgan. Bundan tashqari, lotin, suryoniy, ibroniy tillardan tarjimonlar boʻlgan. Ilmiy haqiqat diniy mansublikdan ustun qoʻyilgan. Bu asar maʼjusiylarniki, bunisi kofirlarniki deb inkor qilinmagan. Ajdodlarimiz til oʻrganib, ilm ortidan dunyoni kezgan. Mahdudlik qobigʻiga oʻralib qolmagan, turgʻunlik, mahalliychilik ularga yot boʻlgan. “Baytul hikma”, Xorazm Maʼmun Akademiyasi, umuman, islom olami olimlari faoliyati oʻsha davrdagi xalqaro ilmiy integratsiyaning eng yorqin namunasidir. Birinchi va ikkinchi renessanslarning maʼnaviy asoslarini va sabablarini hamda keyingi inqirozini chuqur oʻrganmasdan, biz Uchinchi Renessansni muvaffaqiyatli amalga oshira olmaymiz. Bugun ham bizga gʻoyaviy va ilmiy tolerantlik (bagʻrikenglik), ilmga, haqiqatga tashnalik, milliy mahdudlikni, gʻoyaviy mutaassiblikni tamomila inkor etish xos boʻlmogʻi lozim. Yuqoridagilardan ayonlashmoqdaki, Uchinchi Renessans bizdan xalqaro hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida yana-da chuqurroq integratsiya boʻlishini talab etadi. Ammo oʻzligimizni, tilimizni, milliy xususiyatlarimizni, maʼnaviyatimizni saqlab qolishimiz shart. Bu esa taʼlim-tarbiya tizimiga jiddiy eʼtibor qaratishni bildiradi.Inson — Yangi Renessans ijodkoridir. Ayniqsa, OAV bunga yaqqol misoldir. Har bir jamiyat oʻziga zarur shaxsni tarbiyalaydi. Unga oʻz taraqqiyoti darajasi va tendensiyalaridan kelib chiqib axloqiy, eʼtiqodiy, kasbiy-professional, huquqiy va boshqa qator talablar qoʻyadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talabiga toʻliq javob beradigan kishi turli davrlarda har xil atalgan. Yusuf Xos Hojib uni “tugal er”, Forobiy “fozil kishi”, tasavvuf namoyandalari “komil inson” deb ataganlar. “Har tomonlama rivojlangan shaxs”, “uygʻun rivojlangan shaxs” atamalari ham qoʻllanilgan. Mustaqillikdan keyin biz shaxsga nisbatan “komil inson”, yosh avlodga nisbatan “barkamol avlod” atamalarini qoʻllay boshladik. Gap atamada emas. Qanday sifatni qoʻllamaylik, kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti tendensiyalarini va ayni paytda milliy maʼnaviyatimiz xususiyatlarini hisobga olmogʻimiz lozim. Binobarin, sunʼiy intellekt va yuksak texnologiyalarga tayanadigan “toʻrtinchi sanoat inqilobi” insonga qoʻyadigan talablarini oldindan modellashtirishimiz va taʼlim-tarbiya tizimini ularga moslashtirishiz kerak. Xuddi shunday milliy identligimizni saqlab qolish uchun ona tilimizni, tariximizni, adabiyotimiz va sanʼatimizni yetarlicha oʻrgatishning optimal yoʻllarini topmogʻimiz lozim. Urf-odatlarimiz ham takomillashtirilishi va zamonaviylashtirilishi juda zarur. Ijtimoiy ongda, odamlarning xatti-harakatlarida burilish yuz berishi, yangi ideallar va qadriyatlar qaror topmogʻi darkor. Uchinchi Renessans gʻoyasini oʻqitish va keng jamoatchilik ongiga yetkazishda nihoyatda ehtiyotkor boʻlish, meʼyordan oshirib yubormaslik talab etiladi. Mafkuraviy ishlarda sovet davridan qolgan bir illat bor: har qanday gʻoya targʻibotini kampaniyabozlikka aylantiramiz. Bilganni ham, bilmaganni ham ertayu kech tinimsiz gapirtiramiz, odamlarning meʼdasiga tegib qolganini sezmaymiz. Gʻoyaning mazmunini asta-sekin joʻnlashtiramiz, baʼzi jihatlarini esa beixtiyor soxtalashtirib qoʻyamiz. Dialektika qonuniga binoan meʼyor buzilsa, har qanday jarayon oʻzining inkoriga aylanadi. Oddiy tilda bu “qosh qoʻyaman deb, koʻz chiqarish” deyiladi. 2000-yilda eʼlon qilingan milliy gʻoya ana shunday munosabatga uchradi. Shoshib uni taʼlimning barcha boʻgʻinlariga joriy qildik, lekin gʻoyaning ilmiy tadqiqotiga va asoslanishiga deyarli eʼtibor bermadik. Islohotlarning aniq vazifalari va sohalarning xususiyatlari bilan bogʻlab, jonli mazmun bagʻishlash xayolimizga kelmadi. Natijada u mafkurabozlik domiga tushib qoldi. Uchinchi Renessans gʻoyasining oraliq bosqich vazifalari aniqlanishi kerak. Masalan, 2030-yilda, 2040 — 2050-yillarda biz aholi jon boshiga taxminan qancha yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaramiz, jahon reytingida taxminan qanday oʻrinlarga koʻtarilamiz. Taʼlim, madaniyat, ilm-fan sohalarida qanday koʻrsatkichlarni, marralarni zabt etamiz. Ular boʻyicha moʻljallar belgilanishi lozim. Shunda mazkur gʻoyaning safarbarlik taʼsiri konkret va kuchli boʻladi. Ammo moʻljallar havoyi boʻlmasligi, konkret raqamlardan tashkil topmasligi kerak. Yangi AKT, nanotexnologiyalar, biotexnologiyalar, sunʼiy intellekt yaratish va shu kabi yoʻnalishlardagi vazifalar ham eʼtibordan chetda qolmasligi zarur. 20 Har qanday buyuk rejalar, buyuk gʻoyalar inson ehtiyojlari, turmushi yaxshilanishi, erkinligi ortishi va maʼnaviy kamoloti bilan bevosita bogʻlansagina, hayotiylik va reallik kasb etadi. Aks holda u havoyi orzu havasligicha qolib ketadi. Prezidentimizning tabrik nutqida asosiy yoʻnalishlar va vazifalar belgilab berildi. Endi hammamiz, butun jamiyatimiz, ularni amalga oshirishga kirishmogʻimiz lozim. Jaloliddin Rumiyning bir hikmati doimo ilhombaxshdir: “Goʻzal kunlar kelishini kutma, unga qarab bormogʻingni unutma”. Oʻzbekistondagi yangi Uygʻonish maʼrifati ham ayni shu tamo­yilga asoslanganini, ezgu niyatlar amalga oshayotganini anglash esa yana-da shijoat baxsh etadi. Taraqqiyot ilmga asoslanadi. ­Shavkat Mirziyoyevning Prezident sifatidagi dastlabki uchrashuvlaridan biri ilm ahli, olimlar bilan boʻlgani ham bejiz emas edi. Oʻshanda davlatimiz rahbarining aytgan soʻzlari hamon qulogʻimda jaranglab turibdi: “Ilm-fan bilan shugʻullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va ragʻbatga munosib”. Bu — qadr, bu — ilmga eʼtiborning yorqin namunasi edi. 21 Shular haqida soʻz yuritganda, yodimizga yaqin oʻtgan kunlar tushadi. Buni oʻtgan davrga tosh otishga yoʻymang, ammo tarixni parda bilan toʻsib boʻlmas. Istiqlolga erishilgandan keyin­ ilk yillari ilm va ilm ahli “unutilgani” hammamizning yodimizda. Garchi, oʻsha kezlarda matbuotda bu haqda bong urilgan, yozuvchilar asarlarida “Ippodrom”da sigaret sotayotgan olim obrazi paydo boʻlgan esa-da, negadir jamiyat buni “oʻtish davri hosilalari” deb bildi. Ammo “bozor iqtisodiyoti”ga oʻtishning jabrini hamon tortmoqdamiz va uning asoratlari hali yana qancha davom etishini bilmaymiz. Eng yomoni, bir avlod ongiga “Oʻqib nima boʻlarding?!” degan mafkura singib qoldi. Aynan shunisi dahshatli aqida. Zotan, ilmga ragʻbatning yoʻqolishi jamiyatda yangi bir qatlamning — diplom uchun oʻqiydiganlarning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Albatta, bu qisqa bir fursatning bergan “meva”lari edi. Gap oʻzani shunga bormoqdaki, ilm qadrlanmagan zamonda taraqqiyot haqida soʻz yuritish mumkin emas. Bu, qanchalik balandparvoz soʻzlaru, jimjimador ohangda gapirmaylik, amal boʻlmasa, hammasi befoyda deganidir. Mana oddiy misol, mintaqamiz hududida boʻlgan ikki Renessans davrida ham ilm nihoyatda qadrlangan edi. IX — XII asrlarda mintaqamizda yuz bergan birinchi Sharq Uygʻonish davrida yuzlab buyuk allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning aqlu zakosi umumbashariyat taraqqiyotiga mislsiz hissa qoʻshgan. Bu esa oʻz navbatida, ilm­ga eʼtiborning samarasi edi. Oʻsha davr hukmron hokimiyati bunga sharoit yaratib bergandi. XIV — XVI asrlardagi ikkinchi Sharq Uygʻonishi yoxud tarixda ­“Temuriylar Renessansi” deya nom olgan davrda ilm­ning qanchalik qadrlanganini, birgina misolda, “Temur tuzuklari”dagi ushbu jumlalarni keltirish orqali isbotlash mumkin. Unda shunday yozilgan: “Kimning aql-shijoatini sinov tarozisida tortib koʻrib, boshqalarnikidan ortiqroqligini bilsam, uni tarbiyamga olib, amirlik darajasiga koʻtarar edim. Soʻngra koʻrsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim”.
Aslida ham bilimli inson ilm­ning qadrini, olimning qadrini yaxshi biladi. Agar davlat rahbarining keyingi yillarda maʼrifat, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish yoʻlida imzolagan qonun, Farmon va qarorlari, ilgari surayotgan ezgu tashabbuslarining magʻzini toʻla chaqib koʻrsak, Oʻzbekistonda yangi Maʼrifat Renessansiga mustahkam tamal toshi qoʻyilayotganini anglaysiz. Ayniqsa, ilm ahliga qarati­layotgan eʼtibor va ragʻbatning bosqichma-­bosqich oshirib borilayotgani poy­devorning yana-da pishiq boʻlishiga ­ishoradir. Gʻoyalar haqida soʻz ketar ekan, ularning qanchalik yashashi jozibasiga bogʻliqligini taʼkidlamoq darkor. Shu maʼnoda, bugun mamlakat ertasini, millat istiqbolini ilmu maʼrifatda deb bilgan uchinchi Renessans gʻoyasi nihoyatda jozibali va eng toʻgʻri yoʻldir. 22 Albatta, oʻz boshidan oʻnlab istilolarni oʻtkazgan, sitamlar ostida uzoq yillar yashashga mahkum boʻlgan, soxta va balandparvoz gʻoyalarning «quli»ga aylantirilgan xalqimiz har doim oʻz kelajagini ayni shu maʼrifatda deb bilgan. Shu sabab ham bugungi kungacha “bolam oʻqisin” degan istak xalqning oʻyu fikrini band qilgani, ushbu orzu-umid yoʻlida jonini jabborga berishga tayyorligi ayni haqiqat. Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyo­sati ana shu istakning roʻyobga chiqishiga toʻliq asoslarni yaratmoqda. Buni birgina misolda, oliy taʼlimga qamrovning bos­qichma-bosqich oshirib borilayotganida ham koʻrish mumkin. Muqoyasa uchun baʼzi misollarni keltirsak:­ keyingi uch yilda oliy ­taʼlim muassasalari soni 65 tadan 117 taga yetdi, qabul oʻrinlari 66 ming­tadan 181 mingtaga oshdi. Demak, har yili yuz mingdan ziyod yoshlar eng yorugʻ orzusi — oʻqish istagiga erishishiga ­zamin yaratilmoqda. Nazarimda, bu siyosatning zamirida yurt oʻgʻil-qizlarining barchasini ilmli qilish, ularning dunyo bilan boʻylashishi uchun mustahkam poydevor qoʻyish istagi yonayotgandek. Aslida ham bu xalq shunga munosibdir. Chunki uning oʻtmishi, dunyoni oʻzgartirgan aqlu zakovati, oʻzining ilm ziyosi dunyo sharining narigi tarafini ham yoritgan ulugʻ ajdodlari bor.
Shavkat Mirziyoyevning ilmu maʼrifatga bagʻishlangan har bir yigʻilishini kuzatar ekanmiz, ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratishini koʻramiz. Bu oʻzlikka, millat va Vatanning shonli tarixiga hurmat, ertasiga ishonch tuygʻusining mustahkamligidir. Davlat rahbarining taʼlim sohasidagi islohotlarida yana bir muhim jihat borki, bu — biqiqlikdan chiqish, dunyo ilmini oʻrganib, olamga nazar tashlash istagidir. Bu oʻzlikni anglashdan soʻng, oʻzgalar dunyosi bilan oʻzni solishtirish deyiladi. Uzoqni oʻylab qilinayotgan bu ishlarga Yurtboshimiz tomonidan chet tillarni oʻrganish borasida qabul qilingan qarorni misol sifatida keltirish mumkin. Boisi qachonlardir dunyo bizdan oʻrgangan boʻlsa, bugun biz dunyodan oʻrganadigan jihatlar bisyor. Binobarin, til bilish — faqatgina dunyoni bilish degani emas. Til bilish boshqa fanlarga yoʻl ochadi, dunyoga nazar solish imkoni kengayadi, deganidir. Shu nuqtayi nazardan, davlat ­rahbarining bu yoʻldagi tashabbuslarida uchinchi Renessans poydevorining yangi va mustahkam asoslarini koʻramiz, desak, ­mubolagʻa boʻlmas. Tarixdan maʼlumki, ajdodlarimiz yaratgan har ikki Uygʻonish davrida dunyo ilmi bizga juda katta turtki boʻlgan. Jahon taraqqiyotining yuksalish tamo­yillarini belgilab bergan birinchi Renessans davrida Xorazm­da barpo etilgan Maʼmun aka­demiyasi oʻz bagʻriga daho mutafakkirlarni toʻplab, dunyoning eng ilgʻor ilmlarini oʻzlashtirgani, shu asnoda, bilimdan ungan bilimlar nafaqat oʻz mintaqasi, balki butun ahli jahon uchun namuna vazifasini oʻtagani ham ayni haqiqatdir. Temuriylar yaratgan ilm maktablari ham ayni shu yoʻldan bordi. Bu davrda ham ilm oʻrganishni istovchilar butun ­dunyodan oqib kela boshladi. 23 Bugun dunyoga yangi Oʻzbekiston nomi bilan balqiyotgan uchinchi Renessans gʻoyasining jozibasi shundaki, u oʻz atrofiga davlatni ham, jamiyatni ham, butun ­xalqni ham birlashtira oladi. Bu gʻoyaning milliy gʻoya oʻlaroq keng quloch yozishi esa, nazarimizda, barchamizning uning mazmunini chuqurroq anglashimizga, teranroq mushohada yuritishimizga bogʻliq. 24 Shu asnoda davlatimiz rahbarining «Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qoʻyib, uni milliy gʻoya darajasiga koʻtarmoqdamiz.
Biz maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni boʻlgʻusi Renessansning toʻrt uzviy halqa­si, deb bilamiz. Bogʻcha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-oʻqituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uygʻonish davrining toʻrt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Har bir insonning oʻz hayot falsafasi va yoʻli boʻlganidek, har bir davlatning oʻz taraqqiyot strategiyasi boʻladi. Buni belgilashda esa faqat millat yetakchilarining salohiyati muhim aha­miyat kasb etadi. Mana, masalan, Singapurni olaylik. Taʼbir joiz boʻlsa, “yoʻqdan bor boʻlgan” ushbu davlatni bugun dunyoning barcha joyi­da bilishadi, havas qilishadi. Holbuki, yarim asr muqaddam bu hudud mustaqillik eʼlon qilganida ­Malayziya federatsiyasi unga qarshilik ham koʻrsatmagan edi. Hatto bitta boshogʻriqdan qutulganiga xursand ham boʻlgan deyishadi. Bugun esa bu yerdagi yarqirab turgan shishavand ulkan binolarni koʻrib, yarim asr oldin faqat quruq joy boʻlganiga ishonmaysiz. Singapur bugun nafaqat iqtisodiyoti bilan, balki moʻjizaga boy maskanlari bilan dunyo sayyohlari xaritasining eng yorqin nuqtasiga aylandi. Bu ulkan evrilishlar bir inson — haqiqiy maʼnoda yetakchi Li Kuan Yu nomi bilan bogʻliq. U davlat hamda fuqaro oʻrtasida uzviylikni taʼminlash gʻoyasini amalga oshira oldi va dunyo iqtisodiyotiga “Singapur moʻjizasi” degan atamani olib kirdi. Yoki aytaylik, Xitoy iqtiso­diyotida oʻziga xos inqilob yasagan Den Syaopin islohotlari esa bugun ushbu davlatni jahonning yetakchilari qatori olib chiqdi. Mayda ustaxonalar — kichik biznesni ragʻbatlantirishdan boshlangan islohotlar yirik kompaniyalar, korporatsiyalar darajasigacha koʻtarilib, jahon bozorini zabt etdi. Bugun dunyoning har bir mintaqasida — dasturxondagi taomdan tortib, maishiy texnikagacha Xitoy mahsulotlarini koʻrish mumkin. Oʻzbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarda jahon afkor ommasi dunyo siyosatida yangi bir toʻlqinni koʻrayotganini eʼtirof etishmoqda. Bu toʻlqinni harakatga keltirayotgan kuch esa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan mamlakatning yangi taraqqiyot yoʻlidir. Bu — biqiq iqtisodiyotdan shaffoflikka oʻtgan, dunyoga keng quloch ochgan, har bir qadamida odamlar manfaatini ustuvor qoʻygan oʻziga xos taraqqiyot yoʻlidir. Taʼbir joiz boʻlsa, uni beshta “I” — integratsiya, innovatsiya, inson kapitali, ishonch va iqtisodiy oʻsishga asoslangan taraqqiyot formulasi, deb atash mumkin. 25 Bugungi kunda ushbu tamoyillarni bir nuqtada birlashtirgan yangilanishlarga hayotimizning koʻplab jabhalarida guvoh boʻlyapmiz. Masalan, klasterlar faoliyati bunga yaqqol misoldir. ­Shavkat Mirziyoyev­ tashabbusi bilan milliy iqtisodiyotimizga tatbiq etilayotgan klasterlar faoliyatining samaralari xususida uzoq yozish mumkin. Ammo hozir uning birgina jihati, aynan ilm ahliga bergan afzalligini aytib oʻtmoqchimiz. Bu millat bolalari va ularning ustozlari ­paxta dalalaridan qaytarib olinishida muhim rol oʻynadi. Axir, kechagi kungacha emasmidi, oʻqituvchiyu oʻquvchilar, olimlaru talabalar, hatto ixtirochilar ham yilning chorak qismini paxta dalalarida oʻtkazgani?! Bu vaqt ilm­ga sarf etilganida qanchadan-qancha kashfiyotlar boʻlishi mumkin edi-ku?! Ularning vaqti bilan birga yerga sochilgan qadri-chi?! Endi bu savollar faqat dilni ezadi, xolos. Afsuski, vaqtni orqaga qaytarib boʻlmaydi... Ammo dilga taskin, ertangi kunga ishonch beradigan tuygʻu bor. Prezident Shavkat Mirziyoyevning hayotbaxsh gʻoyalari oʻlaroq yuzaga kelgan taraqqiyot formulasining birinchi hayotbaxsh yechimi — klasterlar faoliyati ilm ahlini egatlardan olib chiqdi, qadrini tikladi, millatning ertasi boʻlgan bolalarning qaddini koʻtardi. Bu, uchinchi Renessans poydevori ­mustahkamlanayotganiga yana bir dalil aslida. Baʼzan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda, odamlar davrasida “internet dunyoni buzyapti”, “yoshlar kitob oʻqimay, internetga shoʻngʻib ketmoqda” kabi yozgʻirishlarni kuzatamiz. Bu bir jihatdan toʻgʻri. Ammo vaqt shiddati va texnologiyalar rivojlanishi bilan hisoblashish tamaddunning ­asosiy mezoni boʻlib kelgan. Bugun jamiyatimizda faqat bir narsa — yoʻnaltirish tamoyili yetish­mayapti, xolos.
Bugun ilm egallashning uslublari oʻzgargan. Hozir anʼanaviy taʼlimdagidek, auditoriyalarda uzundan-uzoq maʼruzalarni esnab tinglash emas, shiddatkor texnologiyalarda oʻzlashtirish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Prezident ­Shavkat Mirziyoyevning ilmu fan sohasiga bagʻishlangan har bir yigʻilishida, odamlar bilan muloqoti jarayonida sezamanki, soha tamomila islohotga muhtoj. Xususan, ­darsliklar masalasida ham. Ha, zamonaviy taʼlim bugungi kunning asosiy vazifalaridan biriga aylanishi kerak. Oʻqitish uslublarini oʻzgartirish, kerak boʻlsa, yangilash lozim. Bizning anʼanaviy uslubimiz, asosan, nazariy bilimga asoslanib qolgandek. Nazarimda, uni ijodiy izlanishlar bilan uygʻunlashtirish fursati yetmoqda. Boisi biz uchinchi Renessans sahifalarini patqalamu dovotlarda emas, bilʼaks, kompyuterlarda, IT va DT-texnologiyalarida yozishimiz kerak. 26 Davlatimiz rahbari ayni shu jihatni eʼtiborga olib, innovatsion texnologiyalarni rivoj­lantirish borasida qator hujjatlarni imzolayotgani, dasturlarni tasdiqlayotgani zamirida ana shunday hayotbaxsh qarashlar mavjudligini koʻrishimiz mumkin. Albatta, buni tarixni unutish, uni bir chekkaga tashlab qoʻyish, deb tushunmaslik kerak. Zotan, ajdodlar qoldirgan bebaho merosda hali oʻrganishimiz lozim boʻlgan, biz hali ochib koʻrmagan sahifalar bisyordir. Ayni vaqtda Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan no­dir qoʻlyozmalardan yetarli darajada foydalana olmayot­ganimizni taassuf bilan yodga olish mumkin. Qarangki, bu masala ham davlatimiz rahbarining eʼtiborida ekan: “Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-maʼnaviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu oʻlmas meros hamisha yonimizda boʻlib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bagʻishlashi lozim. Avvalambor, milliy taʼlim tizimini ana shunday ruh bilan sugʻorishimiz kerak. Buning uchun olim va mutaxassislarimiz, hurmatli ulamolarimiz bu maʼnaviy xazinani bugungi avlodlarga sodda va tushunarli, jozibali shakllarda yetkazib berishlari zarur”.
Shavkat Mirziyoyevning oʻtgan yili 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murab­biylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻz­lagan nut­qida ana shunday daʼvat bor edi. Bugun yangi Oʻzbekiston tarixiga yozilayotgan zarhal harflar xorijlik olimlar nigohidan ham chetda emas. Yaqinda AQSHning Nyu-York shtatida yashaydigan olim, biologiya fanlari doktori, professor, akademik ­Efroim Gurman bilan ayni shu mavzuda suhbatlashib qoldik. Olim shunday dedi: “Prezident Shavkat ­Mirziyoyev dunyo davlatlari rahbarlari orasida birinchi boʻlib «Xalqimiz kelajakda emas, bugun ham yaxshi yashashi kerak”, ­degan ulugʻ maqsad, ezgu vazifani ilgari surdi va buning yechimini ham topib berdi. Ayniqsa, uning uchinchi Renessans gʻoyasi nihoyatda ajoyibdir. Sababi, bugungi ilmu fanga asoslangan, dunyoni faqatgina ilm ­bilan boshqarish mumkin boʻlgan zamonda shunday gʻoyalargina ­qudratli kuch kasb eta oladi».27 Bugun globallashayotgan zamonda makon tushunchasi torayib bormoqda. Dunyoning narigi burchagida axborotni lahza oʻtmay bu nuqtasida koʻrish mumkin. Ammo shunisi muhimki, Vatan va uning istiqboli haqida qarashlar hech qachon toraygan emas. Prezidentimizning mamlakatimiz kelajagini taʼlim va ilmu fanda koʻrayotgani, uchinchi Re­nessans gʻoyasi milliy gʻoya darajasiga koʻtarilgani, zamonaviy dunyoga yuzlanish hamda dunyo bilan tenglashmoq istagida ana shu Vatan va millat tuygʻusining yana bir jilvalanishini koʻrish mumkin. Bu tuygʻu xalqimizning qonida joʻsh urib turgan maʼrifatga tashnalik va oʻsha olis oʻtmishdagi buyuk Uygʻonish nasimlarining sogʻinchi bilan mushtarakdir. Shunday ekan, dunyo sahniga yana yangi tamaddun bilan boʻylamoqqa bu xalq ming bora haqlidir. Uchinchi Renessans poydevorining mustahkam asosi boʻlib xizmat qiluvchi bugungi buyuk gʻoyalarda ana shunday ulugʻ maqsadlar mujassamdir.

XULOSA
Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o‘zi qo‘llab- quvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e‘lon qilindi. ―Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli o’zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e‘tiborini qaratmoqda‖, — deya qayd etildi tabriknomada. Shavkat Mirziyeyov bo’lg’usi jurnalistlar chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e‘tibor qaratishi kerakligini bildirdi. Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda ko‗pchilikning e'tiborini o’ziga jalb qiluvchi muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so’ng omma ichida qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo’la boshladi. O’zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko’ndalang qo’yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq.


Yüklə 90,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin