Topshiriqlarni qiyinlashtirish shartlari va yuklamalarni oshirish shakllari. Kuchiga yarashalilik, individuallashtirish va sistemalilik prinsiplarida biz jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning ay rim shartlari ustida to’xtaldik. Talablarni oshirish ijobiy natijalarga - yangi vazifalar va unga bog‘liq bo‘lgan yuklamalarning shug‘ullanuv chilar uchun kuchiga yarasha bo‘lsagina, organizmga keragidan ortiq talab qo‘ymasa, jinsi, yoshi hamda individning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina olib kelishi mumkinligini tushunib oldik. Yana asosiy shart laridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biriga moslab ulash, o‘zaro bog‘liqlik), mashg‘ulotlarning muntazamliligi va yuklamani dam olish bilan optimal navbatlash tirish hisoblanadi.
Shu o‘rinda puxtalilikning ahamiyatini ham e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Bunda gap jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va ko‘nikmalarning puxtaligi va organizmning moslashuvi (adaptatsiyasi) puxtaligi ustida boradi. Nisbatan yangi, murakkab va o’gir mashqlarga utish shakllangan malakalar ning mustahkamlanish darajasi va yuklamalarga moslashu vi orqali borishi lozim. Mustahkamlanmagan malaka yuklamaning kattaligidan tez bo‘zilishi mumkin (shuningdek, interferensiya ta’siridan ham). Chunki yangi mashqlarga utish paytida ham shunga duch kelish mumkin. Bu, o‘z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga tusik bo‘ladi, sababi ular (malaka lar) oyokka turish uchun yеtarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. Shu bilan bir qatorda, yuklama dinamikasi va morfofunksional o‘zgarishlar orasida xavfli muvofiqlik vujudga keladi.
U yoki bu yuklamaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (ma’ lum dakikalarda) moslashmaydi. Shug‘ullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga ko‘tarilish imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun ma’lum vaqt o‘tib ulgurishi kerak. Turli funksional va strukturadagi o‘zgarishlar uchun, ko‘rsatib o‘tilgandek, bir xil vaqt (muddat) talab qilinmaydi.
M. Perish sxemasi bo‘yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizik-ximik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, shuningdek, nerv sistemasining boshqarish funksiyasida ham ma’lum o‘zgarish bo‘ladi. Nerv muskul sistemasining almashinuvi-aktiv hujayralarida funksional va struk tura uzga rish lari uchun nisbatan uzoqrok (kamida bir hafta) vaqt kerak bo‘ladi. Eng ko‘p vaqt esa, bir oycha, tayanch boglov apparati hujayra laridagi uzga rishlarga moslanish uchun kerak bo‘ladi. Moslashuvning bu kabi muddatla ri albatta nagruzkalarning hajmiga ham bog‘liqdir.
Xulosa qilib aytganda, yuklamalar dinamikasi asta-sekinlik bilan xarakterlanishi lozim. Bunda yuklamalarni asta sekin oshirishning turlicha shakillaridan foydalanidi: to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, pog’onasi mon, to‘lqinsimon;
Birinchi holda (to‘g‘ri chiziq bo‘ylab) yuklama dinamikasi ning oshirilishi haftadan - haftaga bir xil o‘lchamda (razmerda) sodir bo‘ladi. Yuklamalarni nisbatan yuqori bo‘lmagan tempda oshirish va mashg‘ulotlar orasidagi (ahamiyatli) intervallarni ta’minlash asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi.
Yuklama dinamikasini pog’nama-pog’ona oshirish qatorasiga o‘tkazilgan bir necha mashg‘ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo‘lganidan so‘ng navbatdagisiga utiladi. “Sakrash» paytida (navbatdagi pog’onaga) to‘g‘ri chiziq bo‘ylab oshirishga nisbatan yuklama dinamikasi keskin oshiriladi; lekin bunda moslanish jarayonlarining borishi yеngillashtiruvchi stabillashuvi hodisasi nisbatan sezilarli ifodalangan. Yuklamaning ana shunday dinamikasi shakli nisbatan ahamitli bo‘lganlarini o‘zlashtirish imkonini beradi.