2-AMALIY MASHG‘ULOT.
TEZKORLIK VA CHAQQONLIK QOBILIYATLARINI TARBIYALASH.
Maqsad:
|
Tezkorlik qobiliyati haqida tushuncha. Tezkorlik qobiliyati darajasini rivojlantirish omillari va tezlik qobiliyatlarining paydo bo‘lishi. Tezkorlik harakatini sezishni rivojlantirish. Yakka harakat tezligi va harakat chastotasining rivojlanish usuliyati. Tezkorlik qobiliyatining paydo bo‘lishida majmuaviy shakllarning rivojlanish usuliyati. Tezlik mashqlarni bajarishda sportchining iroda va ruhiy tayyorgarligi bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Harakatlarning koordinatsiyaviy murakkabligi chaqqonlikning birinchi o‘lchovidir. Agar harakatning fazo, vaqt, kuch xarakteristikalari harakat vazifasiga mos bo‘lsa, harakat yеtarli darajada aniq bo‘ladi, harakat vazifalari harakatning aniqligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi o‘lchovi bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
|
Kerakli anjom va uskunalar:
|
Maruza matni, o‘quv-uslubiy majmua, plakatlar, jadvallar, elektron doska, kompyuter, proektor,o‘quv qo‘llanmalar, slaydlar, dasturlar, umumrivojlantiruvchi va maxsus mashqlar majmuasi.
|
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari:
|
“Klaster”, “Bumerang”, dialogik yondoshuv. Ma’ruza, namoyish etish, savol-javob, “Blis-surov”, “Fikrlash xaritasi”, kichik guruhlarda ishlash metodlari.
|
Ko‘riladigan masalalar:
|
1. Tezkorlik va chaqqonlik qobiliyatlarini tarbiyalovchi mashqlar majmuasini tasviriy yo‘l bilan chizish.
|
Nazorat savollari:
|
1. Tezkorlik va chaqqonlik qobiliyatlariga ta’rif bering.
2. Tezkorlik va chaqqonlik qobiliyatlarining qanday turlari mavjud?
3. Tezkorlik va chaqqonlik qobiliyatlari namoyon bo‘lishini ta’minlovchi mexanizmlarni sanab o‘ting.
4. Tezkorlik va chaqqonlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi mashqlar guruhini sanab bering.
5. Tezkorlik va chaqqonlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi usullarga qisqacha ta’rif bering.
6. Jismoniy sifatlardan Tezkorlik va chaqqonlikni tarbiyalashni ta’riflang.
|
Adabiyotlar:
|
A1;A2; AZ; A4; A5; A6; A7; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8. E;,E2; E3;E4.
|
Dostları ilə paylaş: |