1. Lavozim vazifalari:
–
bo‘limning yillik ish rejasini tuzishda ishtirok etish va ularning ijrosi yuzasidan
yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
–
biriktirilgan yo‘nalish bo‘yicha nashr etiladigan yoki yangi yaratilayotgan metodik
qo‘llanmalarni tahrir qilish;
–
maktabgacha ta’lim tizimi uchun yaratiladigan didaktik, ko‘rgazmali qurollar, ta’limiy
o‘yin va o‘yinchoqlardan foydalanish to‘g‘risida metodik qo‘llanmalar va tavsiyalar tayyorlash;
–
o‘yinchoq va ko‘rgazmali qurollar ishlab chiqaradigan korxona va tashkilotlar bilan
hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarning ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etishga oid metodik qo‘llanmalar tayyorlash va ularga amaliy yordam
berish;
–
badiiy texnik kengashga taqdim etiladigan ta’limiy o‘yin va o‘yinchoqlar, o‘yin
vositalari, ko‘rgazmali qurollarni amaliyotda qo‘llash usullarini o‘rganish va ekspertiza
xulosalarini tayyorlash;
–
maktabgacha ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik tajribalar va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar, trening va ochiq o‘quv
mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda mazkur seminar-treninglarda ta’lim mazmunidagi
yangiliklar to‘g‘risidagi ma’ruzalar bilan qatnashish;
–
ilmiy-metodik kengashga taqdim etilgan qo‘llanmalarni o‘rganish, ularga taqriz berish
hamda kengash muhokamasiga taqdim etish;
–
maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni oilada maktab ta’limiga tayyorlash
bo‘yicha ota-onalar uchun tavsiyalar tayyorlash;
–
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etishga yo‘naltirilgan
tadbirlarni o‘tkazish;
–
maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri, hamshira va oshpazlarining tarbiyalanuvchilarni
sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni takomillashtirish yuzasidan malakalarini oshirish hamda
unga oid metodik qo‘llanmalar yaratishda ishtirok etish;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: