O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

maktabgacha ta’lim tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi
normativ-huquqiy hujjatlarni;

maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga oid yangiliklarini;

jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;

pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan
davlat talablarini;

o‘quv reja, o‘quv dasturi va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarning mazmuni hamda
o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini;

metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish usullarini;

mashg‘ulot va darslarni tahlil qilish, ularni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amaliy yordam
berish shakllarini;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:



o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.
87-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti kafedra mudiri lavozimining malaka lavozim
tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

kafedra faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, kafedradagi o‘quv-tarbiya, ilmiy-tadqiqot,
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish;

kafedraning ish rejasi, kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalari hamda
kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlash;

kafedraning pedagog xodimlariga o‘quv yuklamalarini taqsimlash hamda ularning o‘z
vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;

kafedraga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilinishini tashkil qilish;

ilmiy kengash va rektor huzuridagi ishlab chiqarish majlislarida qatnashish va kafedra
faoliyatiga oid tegishli hisobot berib borish;

kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini nazorat qilish, ilmiy-tadqiqot
ishlarini amaliyotga joriy qilish hamda uni ta’lim, fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini
ta’minlash;

kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot,
ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarning bajarilishini nazorat qilish;

ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish;

kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy o‘quv-texnika
vositalaridan keng foydalangan holda olib borilishini amalga oshirish va o‘quv mashg‘ulotlarini
sifatli o‘tishini nazorat qilib borish;

ta’limning masofadan o‘qitish shakllari, zamonaviy dasturiy va texnologik vositalardan
samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;

kafedra professor o‘qituvchilarining malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;

axborot-resurs markazining kafedra o‘quv fanlariga oid yangi o‘quv, ilmiy va davriy
adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borilishi va yangilanishini ta’minlab borish;

kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga rahbarlik qilish;

kafedrada o‘qitiladigan mashg‘ulotlarning o‘quv-mavzu rejalarni, dasturlarni
tayyorlash, tuzish, ularga tegishli o‘zgartirishlar va yangiliklarni kiritib borish;

o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan o‘quv
qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarga xulosalar berish;

kafedra mehnat jamoasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni
Tartib raqami
2087
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1345
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritish;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin