lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–
moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
–
byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo‘yicha
tahlil etish;
–
smetada ko‘rsatilgan mablag‘lardan o‘z maqsadlari yo‘lida to‘g‘ri foydalanishni, o‘rinsiz
yoki ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ymaslikni nazoratga olish.
–
moliyalashtirish masalalari hamda faoliyatni tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy
ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, uni institutning umumiy ish rejasi bilan
muvofiqlashtirish, bajarilishini ta’minlash;
–
byudjet mablag‘larini rejalashtirish va ularni sarflanishini nazorat qilish;
–
boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish, xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ishlab
chiqish, ularni moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish;
–
institut xodimlarining tarifikatsiya jadvallarini to‘g‘ri tuzilganligini nazorat qilish;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.
2. Bilishi lozim:
–
moliyalashtirishni tashkil etishga doir yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish
yo‘llarini;
–
moliyalashtirish yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini
oshirish usullarini;
–
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va h);
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
–
iqtisod va moliya yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va samaradorligini
oshirish usullarini;
Dostları ilə paylaş: