–
mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik amaliy ish staji.
90-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–
o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni
yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
–
o‘ziga biriktirilgan dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tishini ta’minlash;
–
fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlashga
taqdim etish;
–
tashkilot ichki tartib qoidalariga qat’i rioya qilish;
–
o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, o‘quv dasturlarini
tayyorlashda ishtirok etish;
–
iqtidorli tinglovchilarni aniqlash va ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish;
–
tinglovchilarning malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, malaka (bitiruv) ishlari, shuningdek
mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;
–
tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tajriba va bilim ko‘nikmalarini
orttirish maqsadida ularning darslariga kirish va tahlil qilish;
–
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik
mahoratni egallashda yordam berish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: