O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-
mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;

o‘ziga yuklatilgan vazifalarga kasbiy, kompetensiyaviy yondashishni;

mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va h);

maktabgacha pedagogika, maktabgacha bolalar psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi
bolalar fiziologiyasi va ularni hayotga tatbiq etish yo‘llarini;

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;

maktabgacha ta’lim tizimidagi xodimlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalardan
foydalanishda amaliy yordam berish shakllari, ta’lim metodlari va vositalarini;

ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, jamoada qulay
psixologik muhit yaratishni;

maktabgacha ta’limga oid sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish
yo‘riqnomasini.
3. Malaka talablari:

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni mukammal bilishi.
30-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi Ijro intizomi, jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis lavozimining
malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
Tartib raqami
2706
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
2132
Xodimlar toifasi
Mutaxassis


maqsadida bo‘lim mudiri tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular
yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

bo‘lim hay’at, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va
muhokamaga kiritish;

maktabgacha ta’lim tizimida ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan istiqbol va joriy
ish rejalarini ishlab chiqish, uni bo‘limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda
bajarilishini ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 1- yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qarori, 2009- yil 28- avgustdagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari,
idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy, hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni
tashkil etish hamda ijro intizomi ahvoli monitoringini olib borish to‘g‘risida”gi 11-10-sonli
tartibiga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish,
ijro intizomini monitoringini olib borish va ularning ijrosini ta’minlash;

O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 11- sentabrdagi “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445 Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018- yil 7- maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida,
davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq holda ishni tashkil
etish;

tuman shahar maktabgacha ta’lim bo‘limida hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tomonidan ijro intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslar og‘zaki va yozma murojaatlarining
hal etilishini (har kunlik), haftalik, oylik tahlillarini olib borish;

hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qo‘yilishi, ularning
bajarilishini kuzatib borish, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlashni ta’minlovchi
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining ma’lumotlar bazasini yuritish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomining holatini o‘rganish, ularning natijalarini
tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam berish;

yuqori tashkilotlar, boshqaruv organlari, idoralardan boshqarmaga kelib tushgan xat-
hujjatlarni qabul qilish, o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va nazorat varaqasini yuritish,
ijroni ta’minlash maqsadida bo‘lim xodimlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga
yetkazish va hujjat ijrosi ta’minlangunga qadar nazoratini olib borish;

bo‘limga kelib tushgan xat, ariza, murojaatlar bo‘yicha chorak, yarim yillik va yillik
tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish, bo‘lim yig‘ilishlarida
muhokamaga kiritish;

boshqarma, yuqori va hamkor tashkilotlar tomonidan kelgan hujjatlar, fuqarolarning
xat, ariza va shikoyatlarini qabul qilib, bo‘lim mudiri ko‘rsatmasiga ko‘ra nazoratdan chiqarishni
tashkil etish;

bo‘lim hujjatlari uchun mo‘ljallangan blankalar ro‘yxatining qat’iy nazoratini yuritish;

bo‘lim mudiri tomonidan tasdiqlangan jadval asosida fuqarolar qabulini tashkil etish
hamda og‘zaki murojaatlari bo‘yicha tegishli axborotlarni tayyorlash;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari
faoliyatida vujudga keladigan doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishi,
hisobga olinishi, saqlanishi, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarning o‘z vaqtida hududiy davlat
arxiviga topshirilishini ta’minlash;



bo‘lim qoshida “Fuqarolar
qabulxonasi” faoliyatini tashkil etish va hujjatlarni
rasmiylashtirish;

kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin