–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar
xodimlarining shaxsiy tarkibi bo‘yicha buyruqlarni tayyorlash va ularning belgilangan tartibda
saqlanishini ta’minlash;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti
rahbar hamda pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazilishida zarur hujjatlarni tayyorlash va
boshqarmaga taqdim etish;
–
bo‘limga kelgan xat va hujjatlar, fuqarolardan kelgan ariza, shikoyat, murojaat va
takliflar ustida ishlash, fuqarolarni qabul qilish hamda ular tomonidan ko‘tarilgan masalalarni
o‘rnatilgan tartibda hal etish choralarini ko‘rish;
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
–
ta’lim tashkilotlarida kadrlar bilan ishlash ahvoli haqida Hay’at qarori loyihasi,
buyruqlar, tahliliy ma’lumotlar, bildirishnomalar tayyorlash;
–
pedagogik kadrlar qo‘nimsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va tegishli
ma’lumotnomalar tayyorlash va hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmasiga taqdim etish;
–
yosh mutaxassislarni kelajakda ish bilan ta’minlash maqsadida, ularni ta’lim
muassasalariga yo‘naltirilgan taqsimotiga binoan o‘z ish joylariga qabul qilinishini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: