O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

xizmat ko‘rsatadigan ta’lim tashkilotlarining kommunal xizmatlari hisoblagichlarini
ko‘rsatgichlarini oylik monitoringini yuritishni;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iste’mol qilingan elektr energiyasi, tabiiy gaz va
boshqa kommunal xizmatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘lovni amalga oshirish uchun tuman
(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatiga taqdim
etishni;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan ta’mirlash va boshqa ishlarning
yillik kalendar rejasini tuzish hamda ushbu rejaga qat’iy amal qilgan holda bajarilishini
ta’minlashni;

mutaxassisligi bo‘yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish yo‘llarini;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy muhandis ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’iy
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin