3. Malaka talablari:
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli
mutaxassis) bo‘lishi;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini bilishi va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik amaliy ish staji.
92-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti axborot-resurs markazi rahbari
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–
axborot-resurs bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qilish, bo‘lim xodimlarining ish rejalarini
tasdiqlash;
–
bo‘limning istiqbol va joriy rejalarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini
nazorat qilish;
–
axborot-kutubxona, bibliografiya hamda kitob tarixi sohasida, shuningdek axborot-
kutubxona oldida turgan vazifalar va yo‘nalish rejalariga daxldor boshqa sohalarda tadqiqot olib
borish;
–
davlatimiz va xorijiy davlatlar axborot-kutubxonalarining ishini tashkil etish bo‘yicha
ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni joriy etish bo‘yicha rahbariyatga tegishli takliflar tayyorlash;
–
elektron katalogdan foydalangan holda, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning
yangi turlarini, ulardan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha yangi texnologiyalar, boshqarish
metodlarini yaratishni ko‘zda tutuvchi yangiliklarni joriy etish;
–
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish,
ularning kasbiy mahoratlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
–
jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, kutubxonaning ichki tartib-
qoidalarini belgilash, uni xodimlar tomonidan bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
–
xodimlarning mehnat qilishi va malakasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda,
ularni attestatsiyasini tashkil qilish hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini
ta’minlashda ishtirok etish;
–
kutubxonaning ish faoliyatida mavjud bo‘lgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish
choralari haqida rahbariyatga takliflar kiritish hamda uning mulkiga ehtiyotkorona munosabatda
bo‘lish;
–
vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma va og‘zaki murojaatlarini,
ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: