O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

ta’limi tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarni;

jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahil-inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;

maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, o‘quv reja, o‘quv dasturi va boshqa
o‘quv-metodik hujjatlarning mazmuni hamda o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini;

darslarni tahlil qilish va pedagoglarga amaliy yordam berish shakllarini;

kafedra va biriktirilgan o‘quv xonalarini zamonaviy talablarga binoan jihozlashga
metodik yordam berishni;

ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, innovatsion va
interfaol usullarni qo‘llashni;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari
:

tegishli mutaxassislik bo‘yicha dotsent, katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga yoki fan
doktori (nomzodi) ilmiy darajasiga ega bo‘lishi;

dotsent lavozimini egallash uchun tanlovdan o‘tishi;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini bilishi va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;



mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik amaliy ish staji.
90-§. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruzalar, amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni
yuksak nazariy, ilmiy uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;

o‘ziga biriktirilgan dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tishini ta’minlash;

fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlashga
taqdim etish;

tashkilot ichki tartib qoidalariga qat’i rioya qilish;

o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, o‘quv dasturlarini
tayyorlashda ishtirok etish;

iqtidorli tinglovchilarni aniqlash va ularning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish;

tinglovchilarning malakaviy amaliyoti, kurs ishlari, malaka (bitiruv) ishlari, shuningdek
mustaqil ishlariga rahbarlik qilish;

tajribali o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tajriba va bilim ko‘nikmalarini
orttirish maqsadida ularning darslariga kirish va tahlil qilish;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan o‘qituvchilarga pedagogik
mahoratni egallashda yordam berish, o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida zamonaviy
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin