MART 1 HAFTASI
«ONAJONLAR KUNI» Qurish-yasash va matematika markazi «Onam uchun taqinchoq» Maqsad: bir nechta belgilarga ko`ra tasniflashni (kattalik, rang, tarkib), bilakuzukni qismlarini tartib bilan joylashtirishni biladi, ritmga rioya qiladi.
Jihoz va materiallar:har bir bolaga bilakuzukning asosiga
6-10 ta tugmalar har xil rang va uzunlikdagi simchalar yoki 25 sm uzunligidagi shlyapa tizimchasi. Tarbiyachi ko`rsatishi uchun har xil rangdagi va o`lchamdagi karton doirachalar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalarga tugmalardan bilakuzuk uchun bezak qilishni taklif etish.
Katta kichikligiga qarab, tugmachalarni saralash (stolni o`ng va chap tomonlariga joylashtirish) so`ng rangiga ko`ra.
Bolalarni takliflari bilan tarbiyachi doskada xalqalar yordamida yasash mumkin bo`lgan variantlarni modellashtiradi (hajmi bo`yicha - eng kichikdan enga kattagacha va aksincha; markazda katta tugmacha, ikki tomonida kichiklari, navbati bilan katta-kichik, katta-kichik, keyin rangiga ko`ra)
Namuna asosida simchaga tugmalarni terishni ko`rsatish.
Mustaqil faoliyat.
Qo`shimcha qism:singlimga va do`stimga bilakuzuk yasab berish.
E`tiborga molik jihati: sim bilan ishlaganda ehtiyot bo`lish, do`stona va ijodiy muhitni yaratish, hayot havfsizligi saboqlari
Til va nutq markazi