Loy ishi. «Quyoshjon ko`rin!» (relyefli, dekorativli) Maqsad: plastik vositalar yordamida quyosh timsolini yaratish, relyef texnikasini o`zlashtiradi, (plastilin) quyosh nurlari variantlarini ishlatadi (nuqta, dioralar, dog`, uchburchak, to`g`ri, to`lqinsimon, jingalak, burama cho`zmalar).
Jihoz va materiallar: keramik plitka yoki karton kvadratlar 10x10, 15x15, 20x20 sm; o`lchmida, plastilin, steklar, chiroyi tugmachalar va ko`zmunchoqlar. amaliy bezak san`atining bir nechta namunalari.
Faoliyatni olib borilishi:
dekorativ ramzlariaks etgan surtani tomosha qilish, to`lqinsimon chiziq- suv yoki yo`l, romb - madoncha, doira - quyosh.
jadvallar yordamida dekorativ variantlarni ko`rsatish (nuqtalar bilan diora, to`lqinsimon chiziqlar bilan va bosh.)
Bolalarni mustaqil faoliyati. Namunaga ko`ra ishlash.
Bolalar ishlaridan ko`rgazma uyushtirish.
Qo`shimcha qism: quyoshni jonlashtirish, ko`z, og`iz va burun qo`shish.
E`tiborga molik jihati: ishga ijodiy yondashuv, bola hayoti havfsizligi
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
«Oila»
Maqsad: jamoa bo`lib, uy ro`g`or ishlarini bajarish, oilaga a`zolariga nisbatan mehr uyg`otish.
Jihoz va materiallar: o`yinchoqlar, qo`g`irchoqlar, mebel-jihozlar, idish-tovoqlar va h.k.
Faoliyatni olib borilishi:
O`yin o`ynash taklif etiladi. «Buvimning tug`ilgan kuniga tayyorlanamiz».
Rollar ixtiyoriy taqsimlanadi. Oila juda katta, buvisining tug`ilgan kuni o`tkazilmoqda.
Syujet o`ynaladi. Hamma bayramni olqishlaydi. Oilaning bir a`zosi kerakli mahsulotlarni xarid qiladi, boshqalari bayramona taom tayorlaydi, stol tuzaydi, qolganlari esa quvnoq dastur tayyorlaydilar.
Qo`shimcha qism: «Buvijon» qo`shig`ini kuylash.
Dostları ilə paylaş: |