Magnit bilan tajriba. Maqsad: magnitning xususiyatlarni biladi, bilish jarayoniga oid masalalarni yechadi va xulosa qiladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: turli kattalikdagimagnitlar, metall, yog`ochva plastmasali predmetlar.
Faoliyatning borishi: 1. Bolalar markazdagi materiallarni tomosha qilishadi.
2. «Jonli predmetlar» mashq. Stolda yog`ochva plastmasali predmetlar. Bolalar tajriba o`tkazishadi: kattaroq magnitni stolni tagida yurg`izishadi. Bolalar kuzatishadi va kuyidagi savollarga javob berishadi: «Nima sodir bo`lyapti? Nima uchun faqat metaljisimlar qo`zg`aldi? Nima uchun yog`och va plasmassa jixozlar joyida qoldi?»
Bolalar xulosa chiqarishadi.
Qo`shimcha qism:rasmlar tomosha qilinishi, magnit qayerda foydlanadi.
E`tiborga molik jihati: tarbiyachining berilgan vazifasini ishlay olish, bolalarda bilish jarayonini rivojlantirish,xulosa chiqarishni o`rganish.
Fan va tabiat markazi Suvning xususiyati Maqsad: suvning kurinishini va xususiyatini biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: toza suv bilan idish, bir martalik stakanchalar, muz bo`laklari, bo`sh idish.
Faoliyatning borishi: 1. Bolalar markaz vazifalari bilan tanishadi. Suvning xususiyatlarini aniqlash.
2. Xar bir bola kamroq suv ajratib, ta`tiydi va xulosa qiladi. Shaffofligi, ta`mi.
Muz bo`lakchalarini tomosha qiladi.Likopchaga solib tokchaga qo`yadi. Muz kuyosh nurlari ostida erishini kuzatishadi. Suvga aylanadi.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi yordamida suvning parga aylanish tajribasini o`tkazish.
E`tiborga molik jihati: bolalarda bilish jarayonini faollashtirish xulosa chiqarishni bilish, OBJ.
San`at markazi Rasm chizish «Kompyuter» Maqsad: rasm chizish uchun mustaqil material tanlaydi, rasmni berilishiga qarab varaqda tasvirni joylashtirishda kompzisiya o`ylaydi va bajaradi.Predmetlarni tegishli kattaligini tasvirlab idish chizadi.Chegarasini qora qalamda chizib rangli qalamlar yoki bo`yoklar yordamida bo`yash usulini qo`llaydi.