Qo`shimcha qism: tarbiyachi mavzuga oid so`zlar talafuzini mustahkamlash bilan birga bolalarni jamoat joylarida o`zini tutish madaniyatiga rioya qilishni o`rgatadi: transportda yo`l haqqini to`lash, kattalar turganda o`tirish mumkin emasligi va boshqalar.
E`tiborga molik jihati:
So`zlarni to`g`ri talaffuz etish.
Tasavvurni rivojlantirish.
Hayot xavfsizligi saboqlariga amal qilish.
Fan va tabiat markazi
«Gulxan havoni ifloslantiradi» (ekologik tarbiya)
Maqsad: Havo hususiyatlari bilan tanishish, xaltaga havoni to`ldirish. Havo is gazlari, olovdan ifloslanadi, ammo ifloslangan havoni o`simliklar yordamidamida tozalash mumkin.
Jihoz va materiallar: har bir bolaga xalta(paket), gogurt, mavzuga oid rasm, «Tabiat havoni tozalaydi» mavzusida slayd.
Faoliyatning olib borilishi:
Xaltani havoga to`ldirish va uni kuzatish.
«Havoning ifloslanishi va uni tozalanishi» mavzusida rasmlarni ko`zdan kechirish.
Havoning ifloslanishi bo`yicha tajriba o`tkazish.
Shag`amni yoqish va olov ustida oyna yoki chinni piyolani tutib turish( bir oz vaqt o`tgach bolalar predmet qorayishini va qorakuya bilan qoplanishini ko`radilar)
O`tkazilgan tajriba muhokamasi( yana nima havoni ifloslantiradi? -
avtomobillarda chiqadigan is gazlari, sigaretlar, yong`inlar, zavodlardan chiqadigan tutunlar, axlat uyumlari va boshqalar)
Bolalar xulosasi: havoni muhim tozalash vositasi va kislorod yetkazib beruvchi
o`simliklar hisoblanadi.
Bog` maydonchasidadaraxt ko`chatini ekish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga o`simliklarni parvarishlash qoidalari haqida gapirib beradi va ekilgan ko`chatlarga parvarishlash bo`yicha navbatchilarni belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |