Qo`shimcha qism:tarbiyachi bolalarga tanaffus e`lon qiladi, bo`lajak o`quvchilarni bufetga taklif qiladi, buterbrod tayyorlash jarayoni bilan tanishtiradi.
E`tiborga molik jihati:
Rollar taqsimotini bolalar kelishuvi va hohish-istaklari asosida amalga oshirish.
Bir-birini tinglash ko`nikmasini rivojlantirish.
hayot havfsizligi saboqlarinazorat qilish.
Til va nutq markazi «O`lkamiz qadimiy shaharlari» (Samarkand, Buxoro, Xiva) Maqsad: Davlat belgilarini farqlash, bola o`z ko`chasi va mahallasini nomlay olishi, o`lkamiz qadimiy shaharlari tarixi haqida ma`lumotlarni bilib olishi
Jihozlar va materiallar: O`zbekiston sur`atlari, O`zbekiston adabiyoti, AKT, diskda slaydlar, haykalchalar, maketlar
Faoliyatni olib borilishi:
«Yurtimiz qadimiy shaharlari» mavzusi bo`yicha sur`atlarni ko`rib chiqish
Sur`atlar bo`yicha hikoyalar tuzish
O`lkamizni diqqatga sazovor joylari sur`atlarini ko`rib chiqish
Mustaqil ravishda yoki tarbiyachi yordamida shaharlar nomini o`qish, diqqatga sazovor joylarni ko`rib chiqish
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi shahrimiz qadimiy binolari maketini ko`rib chiqishni taklif qiladi
E`tiborga molik jihati:
Bolalarni lug`at bo`yicha yangi so`zlar bilan boyitilishi.