Modullardan kema quradi (stullardan foydalanish mumkin).
Rollarni taqsimlash.
Bolalar mustaqil Dengiz floti o`yinini o`ynaydilar.
O`yin «Trapdan o`taman». Yerdagi arqonning ustidan ko`zlar bog`langan holatda muvozanat saqlab yurish.
Qo`shimcha qism:Harbiy dengizchilar haqidagi filmni namoyish etish.
E`tiborga molik jihati: bolalarda ahloqiy-vatanparvarlikni tarbiyalash, syujetni ijodiy rivojlantirish malakasini oshirish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi Syujetli-rollio`yin «Chegarachi» Maqsad: harbiy chegarachini ahamiyatini, bilimlari asosida syujetli-rolli o`yinlarni tashkillashtirishni hamda hamkorlikda qaror chiqarishni biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar:planshet, durbin, kaska, ichimliklar, avtomatlar, suratlar harbiy texnika, tez yordam buyumlari,
Faoliyatni olib borilishi:
Chegarachi kuzatuv posti uchun modullardan tog`lar quradi.
Hamshiralar yordam ko`rsatishi uchun vaqtinchalik qarorgohlarni o`rnatadi.
Qo`shimcha qism: chegarachi xizmati haqida film ko`rish va adabiyotlarni o`qib berish. E`tiborga molik jihati: jamoa bo`lib o`ynash va o`zaro kelisha olish, tasavvurlarni rivojlantirish.
Til va nutq markazi «Bizning armiya» Maqsad: har bir Davlatning armiyasi va qo`riqlanishi lozim bo`lgan chegarasi bo`lishini biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: kesma suratlar, pazllar, magnitli doska.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar bizning davlatimizning chegaralari aks etgan pazllarni yig`adilar.