Kerakli Jihoz va materiallar: chizmalar, oq va rangli qog`ozlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar samolyotni yig`ish chizmasini ko`radilar.
Samolyotni qurish uchun rangli qog`oz tanlaydilar.
Samolyotni chizma asosida yig`adilar.
Samolyotni xohishiga ko`ra bezatadilar (rangli qalamlar, yelim va boshqalar bilan)
E`tiborga molik jihati: bola «o`ziga» va «o`zidan» kabi yo`nalishda mo`ljal oladi, o`zining amaliy faoliyatini rejalashtiradi va nazorat qiladi.
Qurish va yasash markazi
«Harbiy texnika , mashinani yig`ish»
Maqsad: harbiy transportni biladi, syujetni ijodiy rivojlantiradi, bizning Qurolli kuchlarimiz (armiya) bilan faxrlanadi.
Kerakli Jihoz va materiallar: kesma suratlar, kichik qutilar,gugurt quti, harbiy texnika aks etgan suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar harbiy texnika aks etgan suratlarni ko`radilar.
Bolalar o`z tanlovlari asosida qutilardan harbiy texnikalarni quradilar.
Ishni tugatish uchun rangli qog`oz, yopishqoq bayroq, yulduz va boshqa tasvirlardan foydalanishlari mumkin.
Qo`shimcha qism: Ko`rgazma ish «Harbiy texnika»
E`tiborga molik jihati: bolalarda ijodiy qurish yasashni takomillashtirish, shug`ullanish jarayonida ular orasida ijobiy hamkorlikni shakllantirish, qo`l motorikasini rivojlantirish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujet-rolli o`yin «Harbiy dengizchilar»
Maqsad: harbiy kasblar - kapitan, bosman, aloqachi, dengizchilarni biladi, davomida harbiy dengizchilarning harbiy harakatlari aks etgan syujetni rivojlantiradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qurilish jihozlari, kapitan bosh kiyimi, harbiy dengizchi kiyimi (dengizchilar yoqasi va bosh kiyimi), shturval, durbin, qurol, langar, suratlar.
Dostları ilə paylaş: |