San`at markazi Loy ishi.Mavzu: «Toychoq» . Maqsad: toychoq yasash, plastilinning butun qismidan foydalanish, xayoliy ijodkorlikni amalga oshiradi, o`zining ishini natijasini ko`ra oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: toychoq namunasi, loy, taxtakachlar, steklar, salfetka.
Faoliyatni olib borilishi:
Toychoqning tanasi va shaklini tomosha qilish.
Loy ishini kombinasion usulda amalga oshirish.
Bolalarni ishga ijodiy yondashuvi.
Ishlar ko`rgazmasi.
Qo`shimcha qism:barmoqlar mashqi.
Mana mening yordamchilarim,
Ularni har xil bukaman.
Silliq va oppoq yo`llarda,
Toychoqlar kabi chopqillar.
Taqa-taq, taqa-taq, Chopqillar uchqur uyur.
(Bolalar stol atrofida stulda o`tiribdilar, qo`llar stol ustida. Navbat bilan o`ng va chap qo`llar va barmoqlar harakatlantiriladi. E`tiborga molik jihati:
Loy bilan ishlash.
Tasavvurni rivojlantirish.
Bola hayoti havfsizligi
San`at markazi Rasm chizish «Tulporni bo`ya!» . Maqsad: amaliy san`at, bezash usuli bilan tanishtirish, Hamro buvining o`ziga xos yorqin o`yinchoqlari haqida tasavvur hosil qilish.