Yanvar 2 xafta «Vatan ximoyachilari kuni». Qurish-yasash va matematika markazi: Mavzu:“Palatka”
Maqsad: Turli qurish-yasash anjomlaridan palatka yarata oladi, quruvchi mehnatining qiyin ekanligini biladi, yaratuvchanlik va ijodkorlik saloxiyati oshadi, aniq reja asosida ishlaydi, yaratilgan jixoz orqali “Men”ni shakllanadi.
Kerakli jixozlar: Turli xildagi qurish-yasash anjomlari, mavzu asosida rasmli kartochkalar, namuna, qurish ketma-ketligi tasvirlangan chizma.
Faoliyatning borishi:
Mavzu asosida rasmlarni kuzatish.
Palatkani yig'ish chizmasi bilan tanishish.
Palatka qurish uchun jixozlarni tanlash.
Palatkani chizma asosida yig'ish.
Palatkani xoxshiga ko'ra bezatish.
Qo'shimcha:Palatkani kattaroq xajmda matodan yasash va u yerda “Xarbiylar o'rmonda” syujetli-rolli o'yinni o'ynash.
Aloxida e'tibor qaratiladi: Bolada mavzu xaqidagi bilimlarni shakllanganligiga.
Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish. Mavzu:“Xarbiy shifoxona” o'yini
Maqsad:Xarbiy shifoxona haqida tushuncha ega, shifokor, hamshira mehnati bilan tanish. Shifoxonada qaysi kasb xodimlari davolanishlari xaqidagi bilimlarga ega.
Kerakli jihozlar: mavzu asosida rasm, oq xalat, tibbiyot anjomlari, stol, stul, shifokor uchun xona.
Faoliyatning borishi:
Mavzu asosida rasmlarni tomosha qilish.
O'yinni taxminiy rejalashtirish.
Rollarni taqsimlash.
Qaxramonlar qiyofasiga kirish.
Xarbiy shifoxonaga borish.
Doktor ko'rigidan o'tish.
Doktor bilan suxbat.
Davolash ishlari.
O'yinni yakunlash va natijani taxlil qilish.
Qo'shimcha: Xarbiylar davolanadigan shifoxona “Gospital” deb nomlanishini, tibbiy anjomlardan nima maqsadda foydalanilishi xaqidagi qo'shimcha ma'lumotlarni berish. MTM tibbiyot xonasiga sayr.
Aloxida e'tibor qaratiladi: O'yinni qanday rejalashtirilishi, rollarni taqsimlanishi, jamoada muloqatga kirisha olishi.
Til va nutq. Mavzu: «Chegarachilar», «Askarlar», «Uchuvchi» rasmlari asosida xikoya tuzish.
Maqsad: Chegarachi, askar, uchuvchi kasblari xaqidagi bilimlarga ega, kasb egalari qanday faoliyat olib borishi xaqidagi tushunchaga ega, ushbu kasb egalarini o'zida namoish eta oladi. Nutqida yangi so'zlar ko'payadi.
Kerakli jixozlar:Mavzu asosida sur'atlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. Rasmlarga qarab ularni bir-biridan farqlash.
3. Rasmdagi kasb egalarini ongida taxlil qilish.
4. Kasb egalarining bajarayotgan faoliyatini diqqat bilan taxlil qilish.
5. Mavzu asosida kichik xikoya tuzish.
Qo'shimcha: mavzu asosida she'rlaryod olish. Guruxda «Xarbiylar kuni»ni tashkil etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Rasmlarni to'g'ritaxlil qilinishiga, kasb egalarini bir-biridan to'g'ri farqlashiga.
Fan va tabiat. Mavzu:Predmetlarni suv yuzasida muallaq turishi
Maqsad: Suv yuzasida qanday predmetlarni muallaq turishi haqida tushunchaga ega va bu predmetlarni boshqa predmetlar orasidan tanlab oladi. “Muallaq” so'zining ma'nosini biladi. Mustaqil ravshda tajriba o'tkazadi.
Kerakli jihozlar: Yog'och taxtacha, plastmassa, kubik, qog'oz, mato, selofan, baklajka, idishda suv.
Faoliyatning borishi:
Markazdagi turli xil predmetlarni ko'rib chiqish.
Qo'l bilan ushlash va predmetlarni xususiyatlarini bilish.
Xar bir predmetni suvga solib ko'rish.
Suvga cho'kkan va cho'kmagan predmetlarni ajratish.
Cho'kmay qolgan predmetlarni qayta suvga solish.
Cho'kmaslik sabablarini aniqlash.
Tajriba natijalari asosida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashish.
Qo'shimcha qism: O'tkazilgan tajriba yuzasidan suhbat.Tashlandiq materiallardan (baklajka) qayiqlar yasab musobaqa uyushtirish.