O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə63/133
tarix20.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#165354
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133
Faoliyat ishlanma

Yanvar 1 xafta
«Qish quvonchlari».
Qurish-yasash va matematika markazi:
Mavzu: Uchburchaklardan «Archa» yasash, Origami «Archa».
Maqsad: Uchburchak shaklini oragami usulida yasaydi, tayyor shakllarni birlashtiradi va archa yasaydi. Ijodiy qobilyati oshadi.
Kerakli jixozlar: Namuna, qog'oz. Archa yasash sxemasi tasvirlangan rasm, turli xildagi archa sur'atlari.
Faoliyatning borishi:

  1. Archa sur'atlarini tomosha qilish.

  2. Archa sxemasini ko'rib tanishi.

  3. Sxema asosida qog'ozdan turli xil kattalikdagi uchburchak shakllarini yasash.

  4. Tayyor shakllardan archani yig'ish.

Qo'shimcha: Archa mavzusida she'r yoki qo'shiqlar aytish. Archa uchun archa o'yinchoqlari yasash.
Alohida e'tibor qaratiladi: Kuzatuvchanlik, qurish-yasashda olib boriladigan ishning ketma-ketligi, ijodkorlik.


Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish.
Mavzu: «Quyonchaning uychasi»
Maqsad: Yaxshilik va yomonlikni ajratadi, aktyorlik jixatlari shakllanadi, o'zaro muloqotga kirishadi.
Kerakli jixozlar: Ertakni aks ettiruvchi rasmlar, qaxramonlar uchun niqobiva kiyimlar, ikkita uycha.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlarni tomosha qilish.

  2. Rasmlar orqali ertakni yodga olish.

  3. Rollarni bo'lishish.

  4. Qaxramonlar kiyimlarini kiyish.

  5. Rolni ijro etish.

Qo'shimcha: Bolalar o'z rollari bilan alishib boshqa qiyofaga kirishi va ertakni istaklari asosida o'zgacha tarzda yakunlash.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalar qobilyati, o'zaro bir-birlarini xurmat qilish va tengdoshlarini tinglashi, nutqdagi ijobiy jixatlari.


Til va nutq.
Mavzu: «Qor yog'moqda» mavzuli rasmlar asosida xikoya tuzish.
Maqsad: Qish faslidagi o'zgarishlarni biladi, rasmlarni taxlil qiladi.Qish mavzusi asosida nutqida yangi so'zlar ko'payadi.Bola nutqi faollashadi, eshitish qobilyati rivojlanadi, diqqat va xotira mustaxkamlanadi.
Kerakli jixozlar:Mavzu asosida sur'atlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. Rasmlarga qarab ularni bir-biridan farqlash.
3. Rasmdagi voqyea-xodisani ongida taxlil qilish.
4. «Qor yog'moqda» mavzusida kichik xikoya tuzish.
Qo'shimcha: «Qor» Z.Diyor she'rini yod olish. Qorparchalar yasash.
Alohida e'tibor qaratiladi: Rasmlarni taxlil qilinishiga, xikoyada voqyea-xodisalarni ketma-ketligini to'g'ri tuzilganligiga.


Fan va tabiat.
Mavzu: Magnit va uning xususiyatlari bilan tanishtirish.
Maqsad: Magnit nima ekanligini biladi, kundalik faoliyatiga qo'shimcha ma'lumot, magnit xususiyatlarini biladi, jixozlarni ajratadi va tajriba orqali sinab ko'radi, xulosa va nitija chiqaradi.Magnit inson kundalik hayotida zarur ekanligini biladi. (yerga tortish kuchi)
Kerakli jixozlar: qog'oz,yog'och, temir, yelim, chinni, alyumin bo'laklari va magnit.
Faoliyatning borishi:

  1. Turli xildagi jismlar bo'laklarini tomosha qilish.

  2. Magnitni ushlab uni his qilib ko'rish. (qattiq-yumshoq, og'ir-yengil, temir-shisha)

  3. Magnitni xar bir jism bo'lagiga yaqinlashtirib ko'rish.

  4. Magnitni temir jismlarga yopishtirish.

  5. Jismlarni ikki guruxga bo'lish. (temirli va boshqa turdagi)

Qo'shimcha: Magnitning tortishish va bir-biridan itarilish kuchi bilan tanishtirish, tajriba o'tkazish, «Magnitli bezaklar»yasash. (muzlatgich uchun)
Alohida etibor qaratiladi: Fizikaviy xodisalarni qabul qila olishiga, jismlarni ajratib, taxlil qila olishiga.


San'at markazi.
Mavzu: «Mo'jizakor qish» mavzusida rasmlar ko'rik tanlovi
Maqsad:Ko'rik tanlov nima ekanligini biladi, ko'rik-tanlovda ishtirok etish qoidalarini biladi, raqobatlashish malakalari shakllanadi, o'zining va tengdoshlarining ishini taxlil qila oladi, ko'rik-tanlovlarda ishtirok etish ishtiyoqi oshadi.
Kerakli jixozlar: Qish fasli tasvirlangan turli rasmlardan namunalar, konseliyariya mollari. Rag'batlantirish uchun «Ofarin» medallari.
Faoliyatning borishi:

  1. Mavzu asosida rasmlarni ko'rish.

  2. O'z xoxshiga ko'ra kerakli jixozlarni tanlab olish.

  3. Ijodiy faoliyat.

  4. Ko'rgazma tashkil etish.

  5. Tengdoshlari ishlari bilan tanishi va baxolash.

  6. Rag'batlantirish.

Qo'shimcha: Mavzu asosida she'r, ertak-xikoyalar tinglash.Uyga vazifa berish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolaning badiiy-estetik jixatlarini shakllanganligi, tasviriy faoliyatning turlarini ajrata olishi, o'z fikrini rasmlari orqali ifodalashi. Tanlov natijasida g'olib va mag'lub bo'lgandagi hissiyotlari.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin