O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə65/133
tarix20.11.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#165354
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133
Faoliyat ishlanma

Til va nutq.
Mavzu: «Qish quvonchlari» mavzusidagi rasmlarni ko'rish va xikoya tuzish.
Maqsad: Yil fasllari xaqidagi tushunchalari boyidi, qish faslining o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib ajrata oladi, qish faslida xayvonot va o'simlik dunyosi qanday qiyofaga kirishini biladi.
Kerakli jixozlar: Mavzu asosida rasmlar, qish fasli tasvirlangan kartochkalar, ertak kitoblar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlarni tomosha qilish.

  2. Rasmlar asosida o'z-o'ziga savol berish.

  3. Tasvirlangan xodisalarni taxlil qilish.

  4. Rasmlardagi farqlarni topish va ularni bir-biri bilan solishtirish.

  5. Qo'shimcha takliflar kiritish.

  6. Xikoyani do'stlariga so'zlab berish.

Qo'shimcha: «Qor bo'ron» o'yinini o'ynash. Qordan qor bola yasash.
Aloxida e'tibor qaratiladi: Mustaqil xikoya tuzish malakasini shakllanganligi. Rasmdagi barcha elemayentlarni e'tibordan cheta qoldirmaganligi.

Mavzu: «Shaxarda qish» mavzusidagi rasmlarni ko'rish va xikoya tuzish.


Maqsad:Shaxar ko'chalarining qish kunlaridagi ko'rinishi xaqida tasavvurga ega.
Kerakli jixozlar: Mavzu asosida rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Rasmlarni tomosha qilish.

  2. Rasmlar asosida do'stlari bilan o'zaro suxbat.

  3. Tasvirlangan xodisalarni taxlil qilish.

  4. Shaxarning tungi ko'chalarida qor bilan belangan uylar, daraxtlar, ko'cha va hiyobonlarini rasmlarda kuzatish.

  5. Shaxarni boshqa fasllarda qanday ko'rinishda bo'lishi xaqida do'stlari bilan suxbatlashish.

  6. Xikoyani do'stlariga so'zlab berish.

Qo'shimcha: «Belgisidan aniqla» ta'limiy o'yini, mavzu asosida gurux yo'lakchasini bezatish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Tovush va so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishiga, gaplarni asosiy so'zlar asosida tuzishi, xikoyani to'g'ri yakunlashi.


Fan va tabiat.
Mavzu: Daraxt pustlogini zarrabin (lupa) orkali kuzatish.
Maksad: Turli daraxtlar nomlarini biladi va farklay oladi. Daraxtlar pustlogi daraxt tanasini koplab olib, uni tabiat xodisalaridan ximoya kilishi xaqidagi bilimlarga ega.
Kerakli jixozlar: Turli daraxtlar pustlog'i, daraxtlarning ko'rgazmali va tarkatma kartochkali suratlari, zarrabin (lupa).
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar daraxtlar suratlarini kuzatadilar.

  2. Turli xil daraxt po'stlog'larini ko'radilar.

  3. Turli daraxtlar pustlogini zarrabin (lupa) orkali kuzatadilar.

  4. Ko'rgan bilganlarini do'stlari bilan o'zaro taxlil qiladilar.

  5. Tug'ilgan savollar bilan tarbiyachiga murojaat qiladilar.

Kushimcha: Tarbiyachi daraxtlar pustlogining vazifasi xakida suzlab beradi, daraxtlar pustlogi daraxt tanasini koplab olib, uni tabiat xodisalaridan (yozda kuyosh nurlari va issikdan, kishda muzlashdan) ximoya kilishi xaqidagi ma'lumotlar bilan bolalarni tanishtirish. Maktabgacha talim muassasa xududida kanday daraxtlar usishi xakida suzlash.
Etiborga molik jixati: Dikkat bilan kuzatish xamda xulosa chikarish malakasining shakllanishi.


Ta'limiy o'yin.
Mavzu: «Juftini top».
Maqsad:E'tibor, diqqat, aql va idroki rivojlanadi, buyumlarni sinchkovlik bilan kuzatadi.
Kerakli jixozlar: Turli xildagi buyumlar tasvirlangan kartochkalar.
Faoliyatning borishi:

  1. Asosiy kartochkalarni ko'rib buyum xaqida umumiy ma'lumotga ega bo'lish.

  2. Yordamchi kartochkalar orasidan tanlangan buyumning juftini topish.

  3. Buyumni butlash.

Qo'shimcha: tarbiyalanuvchilarga qo'shimcha shu turdagi ta'limiy o'yinlarni taklif etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalarni kartochkalardaga diqqat bilan qarashlari, e'tiborlili bo'lishlariga.


San'at markazi.
Mavzu: «Bayram torti» loy ishi.
Maqsad: Qor va qorning xususiyatini biladi. Bo'laklarni kata kichikligiga e'tibor qaratadi va bajarilayotgan ishda ularni xajmiga qarab birlashtira oladi. Qordan torot yasash mumkin ekanligini biladi.
Kerakli jixozlar: Yirik munchoqlar, rangli bo'yoqlar, mo'yqalam, qor, belkurak, chelak va turli shakllar qolipi, bayram torti tasvirlangan rasm.
Faoliyatning borishi:

  1. Tort tasvirlangan rasmlarni tomosha qilish.

  2. Rejalashtirish.

  3. Tort uchu nasos yasash.

  4. Tortning asosiy qismiga qo'shimcha shakldagi qor bo'laklarini yopishtirish.

  5. Rangli bo'yoqlar bilan tortni bezash.

  6. Munchoqlar bilan bezash.

Qo'shimcha: Tort yoniga qo'shimcha shirinliklar tayyorlash va «Mehmon-mehmon» syujetli-rolli o'yinni o'ynash.
Alohida e'tibor qaratiladi: ijodiy qobilyatlariga, ishlash jarayonida tozalikka va gigena qoidalariga rioya qilinishiga. Qo'l xarakatlarining rivojlanganligiga.


Qurish-yasash va matematika..
Mavzu: Muzda qolgan mevali daraxtlarni bezash «Nuqtalarni birlashtir va bo'ya» vazifasini bajarish.
Maqsad: Fazoviy mo'ljal olishni biladi, qog'oz satxida o'ng,chap,tepa,past tomonlarini ajrata oladi. Ijodiy malakalari shakllanadi.
Kerakli jixozlar: Namuna, tayyor shablonlar, rangli bo'yoqlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Muzda qolgan daraxtlarni ko'rinishini tomosha qilish.

  2. Namunalarni tomosha qilish.

  3. Shablonlarni olish va ishlash.

  4. Tayyor daraxt shakli tushirilgan rasmlarga qo'shimcha bezak berish.

  5. Tayyor bo'lgan ishlarni do'stlari bilan o'rtoqlashish.

  6. O'z-o'zini baxolash.

Qo'shimcha: Kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan fazoviy mo'ljal olish malakalarini rivojlantiruvchi o'yin va mashg'ulotlar tashkil etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Tarbiyalanuvchilarda fazoviy mo'ljal olish malakalari shakllanganligiga, ijodiy qobilyatlari, ranglardan boshqa ranglar hosil qilish maxoratlariga.


Fan va tabiat.
Mavzu: Suvning muzlaganda kengayish xususiyati.Suv bilan tajriba utkazish.
Maksad: Suv va uning xususiyatlarini biladi, suvdan tugri foydalanish ko'nikma-malakasi rivojlanadi. Mustaqil ravshda suvning muzlash xususiyati ustida tajribalar utkazadi.
Kerakli jixozlar: Suv, yelim (boklajka) idishda muz, mavzu asosida kurgazmali suratlar.
Faoliyatning borishi:

  1. Suv xususiyatlari tasvirlangan rasmlarnitomosha qilish va ularni o'rganish.

  2. Suv va muzni ushlab ko'rish.

  3. Suv va muzni bir-biridan farqini taxlil qilish.

  4. Yelim idishdagi muzni kuzatish.

  5. Muzning rangi va tinikligini aniklash.

  6. Muzning kattikligini paypaslash orkali aniklash.

  7. Bo'sh yelim idishlarga suv to'ldirish.

  8. To'ldirilgan suvlarni ochiq xavoga ertangi kunga qadar qoldirish.

  9. Keyingi kun xavoda qoldirilgan suvni muzga aylanganligini ko'rish.

  10. Tajriba natijasini taxlil qilish.

Qo'shimcha: Tarbiyachi yordamida suvning muzlash jarayonida qanday kengayishi xaqidagi bilimlarni yetkazish.Sayr vaktida sumalaklarni kuzatishga taklif etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Olib borilgan faoliyat natijasini to'g'ri taxlil qila olishi va o'ziga xulosa chiqarishdagi malkasini rivojlanganligiga.


San'at markazi.
Mavzu: «Qorparchalar uchmoqda» mavzusida applikasiya.
Maqsad: Qog'oz bilan no'ananaviy usullarda ishlashni biladi. Mayda qo'l matorikasi rivojlanadi. Qog'ozdan qorparchalar yasaydi.
Kerakli jixozlar: Tayyor qorparchalar, qorpachalarni tayyorlash texnalogiyasi tasvirlangan jadval, mavzu asosida ko'rgazmali rasmlar, qog'oz, qaychi, yelim.
Faoliyatning borishi:

  1. Tayyor namunalarni ko'rish.

  2. Taxminiy rejalashtirish.

  3. Ijodiy ishni boshlash.

  4. Tayyor bo'lgan qorparchalarini qog'ozga tartib bilan yopishtirish va mazmunli tasvirlarni yaratish.

  5. Tayyor ishlarni taxlil qilish.

Qo'shimcha: Faoliyat yakunida tarbiyalanuvchilarni rag'batlantirish. Bolalarga gurux xonasini qorparchalar bilan bezatishni taklif etish.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin