O'zbekiston respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish


Kurish-yasash va matematika markazi



Yüklə 5,25 Mb.
səhifə9/135
tarix11.07.2023
ölçüsü5,25 Mb.
#136346
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135
Katta guruh tematika lotincha

Kurish-yasash va matematika markazi:
Mavzu: «Shahrimizdagi zamonaviy binolar». Jamoa ishi.
Maksad: Shaxrdagi uzgarishlardan xabardor, zamonaviy binolarni tarixiy binolardan farqlaydi, binoning nechchi qavtdan iborat ekanligini biladi, uning qurilishi xaqida ko'rish orqali fikr yurita oladi.
Kerakli jixozlar: Kurish materiallari, kubiklar, legolar, zamonaviy binolar aks etgan rasmlar, 1*1 xajmda tayyorlangan shaxar ko'chalari maketi.
Faoliyatning borishi:
1.Mavzuga oid bulgan suratlarni tomosha kilish.
2.Zamonaviy binolar qurish va shaxarni bezatishni rejalashtirish.
3. Kerakli jihozlarni tanlash.
4. Zamonaviy binolar qurish.
5. Binoning mustahkamligini tekshirish.
6. Binoning qavatlariga ahamiyat berish.
7. Tayyor bo'lgan binolarni shaxar maketiga joylashtirish.
Kushimcha: AKT orkali shaxardagi o'zgarishlar va shaxar binolarini namoish etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Zamonaviy binolarning nomlanishi, ular qaysi idora yoki tashkilot ekanligini bilishlariga ahamiyat berish.


Syujetli-rolli o'yinlar va dramalashtirish:
Mavzu: “Lolaxonning tug'ilgan kuni”.
Maqsad: Tug'ilgan kunlari sanasini biladi. Tug'ilgan kunni nishonlash xaqida ma'lumotga ega, sovg'a olish va sovg'a berish qoidalari, tabrik so'zlarni biladi.
Kerakli jihozlar: Stol, stul, shirinliklar, Lolaxon uchun sovg'a.
Faoliyatning borishi:

  1. Bolalar o'rtasida rollarni taqsimlash.

  2. Tug'ilgan kunga borish uchun tayyorgarlik ko'rish.

  3. Sovg'alar tanlash yoki o'z qo'li bilan yasash.

  4. Tabriknoma yozish.

  5. Tug'ilgan kunga borish.

  6. Tug'ilgan kun soxibini tabriklash.

  7. O'yin kulgu qilish.

  8. Lolaxonni tug'ilgan kuni bilan tabriklash.

Qo'shimcha: “Shirin so'zlar” o'yinini o'ynash va do'stlari uchun iliq tilaklar bildirishni taklif qilish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalarda o'zaro bir-biriga bo'lgan hurmatiga, tashakkur bildira olishiga, sovg'a tanlashda e'tiborchanliklariga.

Til va nutq:
Mavzu: “Chiroyli uycha” ertagi asosida xikoya tuzish.
Maqsad: “Chiroyli uycha” ertagini biladi, bog'langan nutqi rivojlangan, mustaqil ravshda ertak tuza oladi.
Kerakli jihozlar: “Chiroyli uycha” ertagidagi voqyealarning rasmdagi ko'rinishlari, ertak kitobi.
Faoliyatning borishi:

  1. Ertakni yodga olish.

  2. Rasmlarni tomosha qilish.

  3. Voqyea-xodisani taxlil qilish.

  4. Fikrlarini jamlash.

  5. Mustaqil xikoya tuzish va do'sti bilan o'rtoqlashish.

Qo'shimcha: Yangi mavzuda mustaqil ertaklar tuzish va ularni saxnalashtirib ko'rishni taklif etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Fantaziyasining boyligiga, jarayonni to'g'ri taxlil qilishi va idrokiga.

Ilm fan va tabiat:
Mavzu: “Nima uchun shamol uyni yiqitdi?”.
Maqsad: Shamolning tabiat hodisasi ekanligini biladi, shamolning turlari xaqidagi ma'lumotlarga ega (bo'ron, to'fon, yelbizak, shabada), shamoldan keladigan xavflarni biladi, mustahkam va mustahkam bo'lmagan uylarni farqlaydi.
Kerakli jihozlar: Qog'ozdan va yog'och kubiklardan yasalgan uycha, ventilyator. AKT orqali shamol turlari tasvirlangan videoroliklar.
Faoliyatning borishi:

  1. Videorolikni tomosha qilish.

  2. O'z fikrlarini va hissiyotlarini o'rtoqlashish.

  3. Shamol turlarini bir-biridan farqlash.

  4. Shamolning tezligini aniqlash uchun ventilyatorni oldida tajriba o'tkazish.

  5. Shamolni hosil bo'lishiqilish uchun ventilyatordan foydalanish.

  6. Ventilyator shamoli oldiga qog'ozli va yog'och kubikli uychalarni qo'yish.

  7. Uychalarni kuzatish.

  8. Qaysi uycha buzilib ketganligini aniqlash.

  9. “Nima uchun?” degan savolga javob topish.

  10. Mustahkam uy haqidagi fikrlarini o'zaro taxlil qilish.

Qo'shimcha: Ko'chada shamol bo'layotgani yoki bo'lmayotganini hovliga chiqib kuzatish. Mavjud videorolikni qayta namoish etib birma-bir xar bir xodisaga izoh berish, shamol turlarini va nomlarini bola ongiga singdirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Shamol haqida umumiy tasavvurga ega bo'lganiga, tabiat xodisalariga befarq emasligiga.


San'at markazi:
Mavzu: «Kushnimning jonivorlari» origami.
Maksad: Kogozni buklash orkali uzlariga tanish bulagn jonivorlarni yasay oladi. Mayda kul motorikasi rivojlanadi. Tasviriy faoliyatning yana bir turi origami yo'nalishidagi malakalari oshadi.
Kerakli jixozlar: Rangli kogozlar, lentalar, tugmachalar, turli jonivorlar yasalgan namunalar. Namunalarni yasash sxemasi.
Faoliyatning borishi:
1. Origami usilada yasalgan uy xayvonlari namunasini tomosha qilish.
2. Rejalashtirish.
3. Ijodiy ish uchun kerakli jihozlarni tanlash.
4. Ijodiy ish.
5. Tayyor xayvonchalarga bezak berish.
Kushimcha: Oragami usulida kata xajmdagi buyumlar, o'yinchoqlar, xayvonlar yasa shva ko'rgazma tashkil etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Qo'l matorikasining rivojlanganligiga, bolaning fazoviy mo'ljal olishiga

Yüklə 5,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin