Qo`shimcha qism: bolalarning ishlaridan ko`rgazma tashkil etish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning ijodiy tasavvuri rivojlanganligiga, applekasiya ishida texnik ko`nikmani egallaganiga.
MAY 3 XAFTASI «IDISH-TOVOQ» , «MILLIY NAQSH» Qurish-yasash va matematika markazi Qog`ozdan «Stakancha» yasash. Origami. Maqsad: Origamitexnikasi to`g`risida biladi va ishlaydi. Sxemaga binoan stakanchani taxlaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar:qog`oz stakanchani yasash sxema-rejasi, origami uchun qog`oz.
Faoliyatning borishi: Qog`oz stakanchani yasash sxema-rejasini ko`rib chiqish.
Ishning bolalar tomonidan bajarilishi.
Qo`shimcha qism:boshqa xil idishlarni yasash taklifini berish.
E`tiborga molik jihati: origami bilan ishlashning texnik ko`nikmalari; sxema bilan ishlashni bilish.
Qurish-yasash va matematika markazi Papye-mashedan tarelkachayasash Maqsad: papye-mashe yasash texnikasini biladi; ishni sxema bilan bajaradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: mavzuli rasmlar, papye-mashe yasash uchun zarur bo`lgan jixozlar (gazetalar, PVA yelimi, kistochkalar)
Faoliyatning borishi: Bolalar papye-mashe texnikasida ishlangan idish-tovoqlar tasviri tushirilgan rasmlarni tomosha qilishadi.
Sxemani o`rganishadi.
Ishni sxemaga qarab bajarishadi.
Qo`shimcha qism: vazifani uddalagan bolalar qolganlariga yordam berishadi.
E`tiborga molik jihati: bolalarda ijodiy tasavvuri va konstruktiv qobiliyatining shakllanishiga, olingan bilimlarni amaliyotda qo`llay olishiga.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi «Oila» nomlisyujetli-rollio`yin (variasiya: «Oiladagi tug`ilgan kun» ) Maqsad: oilada kundalik turmushni ijodiy tasvirlab berish, o`ylangan syujet uchun mustaqil ravishda vaziyat keltiradi, atributlarni maqsadga muvofiq ishlatadi, o`yinga xayrixoxlik bildtradi va jamoada o`ynay oladi.