Tayyorlab olingan tabiiy ranglardan kuz manzarasini chizish Maqsad: Kuzning o`ziga hos hususiyatlari va kuzgi tabiat o`zgarishlari bilan tanishish, «hazonrezgi» va «jala» mavzusidagi so`zlar bilan so`z boyliklari oshadi
Jihozlar va materiallar: qog`oz, natyurmort, bo`yoqlar, maxsus stakancha, tabiiy xom- ashyolar
Faoliyatni olib borilishi: Kuz haqida suhbat
Bolalarda tabiat ranglari bo`yicha tasavvurlarini kengaytirish
Qo`shimcha qism: Mavzuni mustahkamlash uchun tarbiyachi jamoada ishlashni o`rgatishi va kuzni boshqa fasllar bilan taqqoslashi lozim
E`tiborga molik jihatlar: Yil fasllari mavzusi bo`yicha bilim va ko`nikmalarni rivojlanganligi.
Bolalarda fasllar bo`yicha tasavvurni shaklanntirish va yangi ranglarni yaratish.
Hayot havfsizligi saboqlari nazorat qilish.
SENTYaBR 2 HAFTASI
MAVZU: «MENING SHAHRIM, MENING MAHALLAM» Qurish-yasash va matematika markazi «Mening kelajagdagi uyim» Maqsad: u uyning tasvirini grafik diagrammasini bajarish, rasmni qismlarga ajratadi va bu qismlarni bir butun sifatida birlashtiradi. U o`z harakat rejasini tuzadi, mantiqiy fikrlash va e`tibori rivojlanadi, qo`l motorikasi hamda qobiliyatlarini rivojlanadi.
Jihozlar va materiallar:kublar, uy rasmlari bilan tasvirlar, o`yinchoqlar, geometrik raqamlar.
Faoliyatni olib borilishi: «Mening kelajagdagi uyim» mavzusidagi rasmni ko`rib chiqish;