O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida


-bob. Institut faoliyatini tashkil etish



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə25/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#78177
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
8-B

4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
11. Institut o‘z faoliyatida bevosita Vazirlikka bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
12. Institut ishlariga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.
13. Quyidagilar Institut rektorning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Institut faoliyatiga, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarali tashkil etilishiga umumiy rahbarlik qilish;
tashkilotlar bilan Institut nomidan xo‘jalik shartnomalari tuzish, Vazirlikda Institut manfaatlarini ifodalash, shuningdek o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etish;
Institut Ilmiy-metodik kengashi tavsiyalari asosida o‘quv-mavzu rejalari, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlash;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqarish va ishonchnomalar berish;
xodimlarni rag‘batlantirish, intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
qayta tayyorlash va malaka oshirishga qo‘yilgan davlat ta’lim talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, boshqa o‘quv-metodik hujjatlarning o‘quv jarayoniga joriy etilishini ta’minlash;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtirish;
tinglovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish, Institutning o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Institut ichki tartib qoidalarini tasdiqlash hamda ushbu qoidalar xodimlar va tinglovchlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
jamoada sog‘lom ma’naviy va ijodiy muhitni shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rish.
Institut rektori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarga ham ega bo‘lishi mumkin.
14. Institutda o‘quv-metodik ishlarga o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha prorektor, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlarga — ma’naviy va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, moliya-iqtisodiy ishlar bo‘yicha — moliya-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor rahbarlik qiladi.
Prorektorlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
15. Faoliyatning asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun Institutda rektor raisligida Ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi.
Ilmiy-metodik kengash tarkibi Institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga prorektorlar, kafedralar va bo‘limlar rahbarlari, shuningdek, yetakchi professorlar va o‘qituvchilar, jamoat tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
Ilmiy-metodik kengash qarorlari rektorning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Ilmiy-metodik kengash raisi va kotibi kengash qarorlari bajarilishining muntazam ravishda monitoringini olib boradi va qabul qilingan qarorlar ijrosi to‘g‘risida kengash a’zolariga hisobot beradi.
Ilmiy-metodik kengash a’zolari kengash majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘ri va aniq bajarilishi uchun javob beradi.
Ilmiy-metodik kengashning ish tartibi Institutning yillik ish rejasiga muvofiq tashkil etiladi.
16. Quyidagilar Ilmiy-metodik kengashning vazifalari hisoblanadi:
Institut, uning kafedralari va bo‘limlari rejalari va hisobotlarini ko‘rib chiqish, Institut faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘quv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni muhokama qilish;
Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yo‘nalishlarini ta’minlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat ta’lim talablari, o‘quv rejalari va dasturlar bajarilishini ko‘rib chiqish;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Institut kafedralari va bo‘limlarini ochish, ularning faoliyatini o‘zgartirish va tugatish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish;
Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment (ta’limni boshqarish) bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish;
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlarni e’lon qilish masalalarini ko‘rib chiqish;
Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin