5-bob. Institutni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish 17. Institut O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
18. Institut xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalardan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
19. Institut xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan ustamalar va qo‘shimcha haqlar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.
20. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Institut xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida 21. Institutni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2017-y., 09/17/929/0314-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)