O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi to‘G‘risidagi nizomni hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida



Yüklə 69,53 Kb.
səhifə21/26
tarix30.12.2022
ölçüsü69,53 Kb.
#78177
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
8-B

11-bob. Yakunlovchi qoida
65. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Ustav Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) maqomini, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlarini tartibga soladi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Institut O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
3. Institutning rasmiy nomi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) davlat tilida: to‘liq nomi — Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartirilgan nomi — MTTDMQTMOI.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
b) rus tilida: to‘liq nomi — Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii rukovoditeley i spetsialistov doshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi — IPPKRSDOU;
v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education Personnel and manager, qisqartmasi — IRATPEPM.
4. Institut tinglovchilari kunduzgi o‘qish, masofaviy o‘qitish shakllarida va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda o‘qitiladi.
5. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Ustavga amal qiladi.
6. Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
7. Institut ta’lim muassasasi sifatida maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yo‘nalishda o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.

Yüklə 69,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin