O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Gap ustida ishlash metodikasi



Yüklə 3 Mb.
səhifə9/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Gap ustida ishlash metodikasi
Fikr almashish, muloqat gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni o`qishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni to`g`ri yozishga oid amaliy bilimlar savodxonlikka o`rgatish mashg`ulotlarida shakllantiriladi.
Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida nutq, uning og`zaki va yozma shaklda bo`lishi, nutqning gaplardan hosil bo`lishi va gap haqida amaliy tushuncha syujetli rasmlar yordamida hosil qilinadi. Buning uchun tarbiyachi rasm yuzasidan 3-4 so`zli savollar tuzib keladi.
Masalan:
1. Rasmda nima tasvirlangan ?
2. Aziz dalada nima qilyapti?
3. Kimlar bog`da olma teryapti ?
Bolalarning javob gaplari tuzilishi doskada quyidagicha tasvirlab beriladi:






Bolalar javoblaridan nima hosil bo`lgani (gap, matn) aniqlanadi. So`ng tarbiyachidoskada matn chizmasini ko`rsatadi.


Tarbiyachi birinchi chizma 1-berilgan savol(gap)ning javob gapi ekanini aytadi. So`ngra bolalarga nechta savol berilgan va nechta javob olinganini aniqlash topshirig`i beriladi. Ularga “Chizmaning boshi nima uchun burchakli? Oxiriga nima qo`yilgan?" kabi savollar bilan murojaat qilinadi. Ular “3 ta savol - 3 ta gap berilgan edi, shuning uchun 3 ta javob 3 ta gapning chizmasi chizilgan" deyishadi.
Javoblar umumlashtirilib, gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan ko`rsatilishi, oxiriga gapning tugaganligini bildiruvchi tinish belgi - nuqta qo`yilgani tushuntiriladi. Bolalarning javoblari tartiblashtirilib va to`ldirilib, quyidagicha xulosa chiqariladi: Demak, nutqimiz gaplardan tuzilar ekan. Nutqda 2, 3, 4 ta va undan ham ko`p gap bo`ladi. Gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan belgilanadi, gapning tugagan joyiga tinish belgi - nuqta qo`yiladi.
Umuman, savodxonlikka o`rgatish jarayonida gap, gapning so`zlardan tuzilishi, gapda so`zlarning alohida-alohida yozilishi, gapning oxiriga mazmuniga qarab nuqta, so`roq, undov belgisi qo`yilishi, gapning birinchi so`zi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushuncha beriladi.
Gap yuzasidan quyidagicha mashq turlaridan foydalanish mumkin:
1. Tarbiyachi yoki bolalardan biri aytgan gapni tarbiyalanuvchilarning doskada chizma shaklida tasvirlashi va gapda nechta so`z borligini aytadi (bunda gap rasm asosida tuziladi).
2. Berilgan syujetli rasm asosida tuzilgan hikoyadan o`rganilayotgan tovush-harf qatnasngan so`z bor gap ajratib olinib, uning chizmasi doskada chizdiriladi. Shundan so`ng o`sha so`z bo`g`in- tovush jihatdan tahlil qilinadi.
4. Rasm asosida tuzilgan hikoyadan istalgan gapning chizmasini doskada ifodalash. Bunda bolalarning gapni bir butun holda xotirasida saqlagani, gapga xos xususiyatlarni ongli o`zlashtirgani aniqlanadi. Bu jarayonda bir necha bolaga bir nechta gap chizmasi chizdirilishi mumkin.
5. Matndan berilgan chizmaga mos gapni ajratib olish va izohlab berish.
6. Matndagi har bir gapning chizmasini chizdirish. Matn dastlab2-3, so`ng 3-4gapli bo`lishi maqsadga muvofiq. Tuzilgan matnni tarbiyachi qayta aytib turadi, bolalar bittadan doskadauning chizmasini ifodalaydilar. Matnning chizmasi shu tariqa doskada o`z ifodasini topadi. Misol:
Bu bizning oila.Oilamiz besh kishidan iborat.Bizning oilamiz inoq.





Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin