O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Savodxonlikka o`rgatish metodikasi



Yüklə 3 Mb.
səhifə2/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Savodxonlikka o`rgatish metodikasi
O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablarining asosiy sohalaridan biri “Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari” bo`lib, u quyidagi kichik sohalardan iborat: nutq va til, o`qish malakalari, qo`l barmoqlari mayda motorikasi. Ushbu kichik sohalarning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun tayyorlov guruhlarida o`quv yili davomida jami 72 ta mashg`ulot rejalashtirilgan, shundan
36 tasi bolalarning og`zaki nutqini o‘stirish, 36 ta mashg`ulot savodxonlikka o`rgatishga mo`ljallangan bo`lib, ularning davomiyligi 25-30 daqiqani tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim tizimida savodxonlikka o`rgatish metodikasi o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, u elementar o`qish va yozish ko`nikmalarini shakllantirishdan boshlanadi.
O`qish va yozish — nutq faoliyatining turi. Savodxonlikka o`rgatish davrida o`qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o`qish va yozish ko`nikmasi deyiladi. O`qish va yozish ko`nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. O`qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og`zaki hikoya qilish, o`zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog` liq holda shakllanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni o`qish va yozish malakalarini shaklantirish bir-biri bilan bog`langan holda uzviy va uzluksiz ravishda olib boriladi.
O`zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O`qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o`qish va yozish faoliyatida bola uchun qiyinchilik tug`dirgandek tuyulsa-da, aslida o`qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko`p emas. O`qish va yozishni o`lzlashtirish uchun tovush va harflarning o`zaro bog`liqligiga oid qoidalarni o`zlashtirish kifoya.
Savodxonlikka o`rgatish metodikasida o`zbek tili tovushlar va harflar tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin