O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir



Yüklə 3 Mb.
səhifə5/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu bois savodxonlikka o`rgatish davrida tarbiyalanuvchilar eshitish idrokini o`stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar, ta’limiy o`yinlar, qiziqarli topshiriqlarni qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida bolalar ruchka (qalam)ni to`g`ri ushlashni, daftarni to`g`ri qo`yishni, harfni yozishda daftar chiziqlari, ular bo`ylab qo`lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni mo`ljallangan katakga bosma harfda yozishi lozim. Bu jarayon bolalarni aqlan va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va yelka muskullari toliqadi. Shuning uchun ham mashg`ulotda jismoniy daqiqalar o`tkazilishi ahamiyatlidir.
Yozuv jarayonida bola ruchka(qalam)ni qog`oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to`xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan chiziqdan chiqib ketadi, noto`g`rilarini bo`yab, to`g`rilaydi. Bunda u tarbiyachiga har daqiqada murojaat qiladi, uning qo`li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi.
Yozuv jarayoni tarbiyalanuvchilarning ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli tarbiyachi yozuv jarayoniga bolaning xatti-harakatlariga sabr-qanoat bilan katta e’tibor qaratishi juda muhim.


Savodxonlikka o`rgatishda analiz-sintez metodi
Savodxonlikka o`rgatish analiz-sintez tovush metodiga asosan olib boriladi. So`z bo`g`inga bo`linadi, bo`g`indan kerakli o`rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o`rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o`qish jarayoni o`zlashtiriladi. Bunda o`zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi.
Analiz-sintez (tovush-tarkib) tovush metodiga Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analiz-sintez tovush metodining an’anaviy hamda shakllanish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Savodxonlikka o`rgatishda analiz-sintez tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko`ra ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakterga ega bo`lib, nutqiy mashqlar orqali aqliy rivojlanishni hamda o`qishning ongli bo`lishini ta’minlaydi.
2. Analiz-sintez tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
a) savodxonlikka o`rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi;
b) savodxonlikka o`rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi;
d) o`qish birligi sifatida bo`g`in olinadi, bo`g`in ustida ishlashga e’tibor qaratiladi.
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilar:
1. Savodxonlikka o`rgatish jarayonida bolaga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy rivojlanishi hamda o`qish va yozishga tayyorligiga bog`liq).
2. Grammatika, so`z yasalishi, imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish.
3. Tovush va harfni o`qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ta’limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyatlarini hisobga olish.



Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin